Page 218 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 218
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
farqli o‘laroq, intellektual faoliyat mahsulotlari, davlat tomonidan
maxsus huquqiy himoya bilan taʼminlanmagan bo‘lsa, ularning
egalariga kafolatli daromad keltira olmaydi. Intellektual mulkni
himoya qilishning ishonchli mexanizmlarining mavjudligi:
• raqobat ustunligini saqlab qolishni taʼmin etadi;
• investitsion iqlimni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi;
• qaroqchilik va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda
samarali vosita hisoblanadi;
• texnologiyalar transferi jarayonlarini jadallashtirishadi;
• korxonaning nomoddiy aktivlaridan ruxsatsiz foydalanishning
oldini oladi.
Raqobat ustunligini saqlab qolish. Tashkilot innovatsion
faoliyatni amalga oshirish natijasida innovatsiyalarni intellektual
mulk obyektlari sifatida himoya qilish jarayonida belgilab qo‘yilgan
raqobat ustunligiga ega bo‘ladi. Intellektual mulk huquqlarini himoya
qi lish innovatsion mahsulotni ishlab chiqish va joriy etish uchun zarur
xarajatlarga ega bo‘lmasdan raqobatchilarga ulardan foydalanish
orqali foyda olish imkoniyatini bermaydi, aksincha, agar imitatorlar
nusxa-mahsulot bilan bozorga kira olsalar, innovatsion mahsulot yoki
xizmatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish, yaxshilash, shu ningdek,
ularning reklamasi va bozorga olib kirish uchun sarflangan xarajatlar
shunchaki havoga sovurilishi ham mumkin. Taqlidchilar nusxa
ko‘chirish mahsuloti bilan bozorga kirsa, reklama taratishi mumkin.
Bundan tashqari, ular mahsulotni konsepsiyadan ommaviy ishlab
chiqarishga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan start-up bosqichida
xarajatlarga yo‘l qo‘ymaganliklari bois mahsulotlarga pastroq narx
belgilashlari ham mumkin.
Investitsion iqlimning sezilarli darajada yaxshilanishi. Innovatsion
iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar oqimi ko‘p jihatdan
intellektual mulkning samarali huquqiy himoyasi mavjudligiga
bog‘liq. Investorlar xatarlilik darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarga
sarmoya kiritmaydilar. Zero, bunday korxonalarning menejerlari hali
uzoq muddat raqobatchilar kirib bora olmaydigan bozorda korxona
ulushining barqaror bo‘lishini taʼminlash uchun zarur darajada
217