Page 234 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 234
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
huquqini beradi (masalan, belgilangan muddatda, belgilangan
hududda); bunda litsenziat litsenziya shartnomasi obyektidan
foydalanish huquqini va uni uchinchi shaxslarga litsenziyaga berish
huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Mutlaq litsenziyada litsenziat (xaridor) shartnomada ko‘zda tutilgan
shartlar doirasida (masalan, maʼlum hudud doirasida, maʼlum bir
kelishilgan vaqt mobaynida) shartnoma obyektidan mutlaq foydalanish
huquqini qo‘lga kiritadi. Bu esa litsenziar (mulkdor) litsenziyani yana
bir boshqa shaxsga berish huquqidan mahrum bo‘lishini, balki uning
o‘zi ham mutlaq litsenziya berilgan patent huquqi obyektidan foydalana
olmasligini ham anglatadi. Shunday bo‘lsada, litsenziar shartnomada
ko‘zda tutilmagan shartnoma obyektining maʼlum bir qismidan
foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Shuning uchun, bitta intellektual mulk huquqi asosida bir nechta
mutlaq litsenziyalar berilishi mumkin bo‘lgan holatlar ham mavjud.
Jahon amaliyotida, intellektual mulkdan litsenziya asosida foyda-
langanlik uchun haq to‘lash quyidagi uch ko‘rinishdan birida amalga
oshiriladi: royalti, bir martalik to‘lov va kombinatsiyalashgan to‘lov
shakllari. Haq to‘lash shakli litsenziar va litsenziat o‘rtasida litsenziya
shartnomasi shartlarini kelishib olish chog‘ida aniqlashtirib olinadi.
Royalti-litsenziya obyektidan foydalanishning iqtisodiy natijala-
riga (litsenziat tomonidan olingan daromadning ulushi yoki
innovatsion mahsulot sotish hajmi va boshqalar) qarab, litsenziya
shartnomasining amal qilish muddati davomida xaridor (litsenziat)
ning daromadidan davriy ajratmalar hisoblanadi. Royaltining
iqtisodiy maʼnosi huquq egasining foydasiga ishlab chiqarilgan
va sotilgan mahsulot bahosining maʼlum bir foizini belgilab,
litsenziat va litsenziar o‘rtasida kelishilgan nisbatlarda litsenziyadan
foydalanishdan olingan daromadni taqsimlashdan iboratdir. Shu bois,
litsenziyaning narxi – bu kelgusidagi sotuvlar funksiyasi deyishimiz
ham mumkin. Intellektual mulk egasi uchun royalti shaklida
haq to‘lash litsenziat tomonidan innovatsiyalardan foydalanish
natijalariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Litsenzion bitimlarning 80-90
foizida litsenziar bilan hisob-kitob qilishda royaltidan foydalaniladi.
233