Page 233 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 233
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
samaradorligini oshirish, balki innovatsiyalarning o‘zini sotish orqali
daromadlar olish ham bo‘lishi mumkin. Litsenziyalash intellektual
faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning keng tarqalgan usullaridan
biri hisoblanadi. innovatsiyalardan foydalanish huquqini sotish yo‘li
bilan innovatsiyalar bilan savdo qilish ko‘plab kompaniyalarga ushbu
innovatsiyalarga asoslangan innovatsion mahsulotlar va xizmat larni
sotishdan tushadigan daromadlardan ham ko‘proq daromad olish im-
koniyatini beradi. Ko‘pincha, tijorat, moliyaviy, iqtisodiy yoki boshqa
sabablarga ko‘ra kompaniya o‘z xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan
va yaratilgan baʼzi yangi texnik va texnologik yechimlarini amalda
qo‘llashni maʼqul ko‘rmaydilar. Biroq intellektual faoliyatning mazkur
natijalarini sotish favqulodda samarali bo‘lishi mumkinligi ehtimoldan
holi emas, bu jarayon intellektual faoliyat natijalarini sotishning
innovatsion litsenziyalash biznes-modeli orqali amalga oshiriladi.
Mutlaq patent huquqlarini tijoratlashtirish boshqa xo‘jalik
subyektlariga innovatsiyalardan foydalanish huquqini berish,
yaʼni texnologiyalar transferining muhim shakllaridan biri bo‘lgan
litsenziyalash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziya (lotincha “licentia” ruxsat, huquq) – bu intellektual
mulk obyektiga mutlaq huquqqa (ixtiro, foydali model yoki sanoat
namunasi uchun patent) ega bo‘lgan biror bir yuridik yoki jismoniy
shaxs (litsenziat) ning qonun yo‘li bilan muhofaza qilinuvchi
intellektual mulk obyektini boshqa bir shaxs (litsenziat)ga maʼlum
bir shartlar asosida foydalanish huquqini beruvchi huquqiy hujjatdir.
Yozma tartibda litsenziya shartnomasida litsenziya shartlari
tomonlar o‘rtasida kelishiladi va albatta, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Odatda, litsenziya shartnomasi asosida u amal qiladigan hudud,
muddat, litsenziatga berilayotgan huquqlardan foydalanish tartibi va
boshqa shartlar kelishib olinadi, bu shartlashuvchi ikkala tomonga
ham intellektual mulk obyektlaridan eng samarali tarzda foydalanish
borasida o‘z strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Amaliyotda bir nechta litsenziya turlari mavjud. Mutlaq bo‘lmagan
(oddiy) litsenziya litsenziatga intellektual mulk obyektidan
shartnomada nazarda tutilgan chegaralar doirasida foydalanish
232