Page 239 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 239

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             bunday kompaniyalarda o‘z ishlanmalarini to‘laqonli patentlash
             uchun odatda mablag‘lar yetishmaydi, bundan tashqari tadqiqotlar
             va ishlanmalar o‘z poyoniga yetmaganligi bois, ishlab chiqilayotgan
             innovatsiyalarni  himoya  qilish  maqsadida  maxfiylikka  amal  qilish
             talab etiladi. Shu bilan birga bir vaqtning o‘zida huquqiy himoya

             strategiyasi aniqlashtiriladi, bunda u quyidagilarga oydinlik kiritishi
             lozim bo‘ladi:
                –   bo‘lg‘usi himoya tartibini tanlash (patent huquqi yoki ishlab
             chiqarishning tijorat siri);
                –  patentlash maʼqul ko‘rilsa, ixtiro uchun patent va yoki foydali
             model uchun patentdan birini tanlash;
                –   agar ixtironi patentlash afzal ko‘rilsa, patentning qurilma uchun
             yoki usul uchun bo‘lishini aniqlash;
                –   himoya hajmini, so‘ralayotgan patentlar sonini aniqlash (patent

             yordamida mahsulotning o‘zini uni ishlab chiqarish usulini, mahsulot
             yaratilayotgan materialni, uni tayyorlashda foydalanilayotgan texnik
             yechim va shu kabilarni himoyalash mumkin);
                –  asosiy  raqobatchilar,  kompaniyaning  ishlab  chiqarish  hajmi,
             kompaniya mahsulotlarini sotish bozori, potensial litsenziat,
             potensial strategik investor kabilarni hisobga olgan holda patentlash
             amalga oshiriladigan mamlakatni tanlash;

                –    patentlash jarayonidagi amaliyotlarni aniqlashtirish (milliy
             pa tent idoralariga murojaat qilish, xalqaro patent agentliklariga
             so‘rovnomalar yuborish).
                Ekish bosqichida, ustunlikni taʼminlash maqsadida va shuningdek,
             yangi  mahsulotga  qiziqqan  investorlarni  jalb qilish maqsadida
             patent berish uchun ariza berish tavsiya etiladi. Start-up bosqichida
             dastlabki sinov sotuvlari boshlanadi, ammo bozorga to‘liq huquqiy
             muhofaza qilinmasdan yangi mahsulotlar bilan kirib bo‘lmaydi. Ayni
             paytda intellektual mulk allaqachon ishonchli himoyaga ega bo‘lishi

             kerak. Shu bilan birga, patentlash bilan texnologik sirlarni oshkor
             qilish  xavfi  ham  mavjud,  shuning  uchun  patentlarning  tavsifida
             oshkor qilib bo‘lmaydigan narsalarni ajratish va tijorat sirini saqlab
             qolish zarur.

                                                  238
   234   235   236   237   238   239   240   241   242   243   244