Page 208 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 208

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning
          amal  qilishi  tiklanganligi  to‘g‘risidagi  maʼlumotlar  eʼlon  qilingan
          sana oralig‘idagi davrda seleksiya yutug‘idan foydalanishni boshlagan
          yoki buning uchun zarur tayyorgarlik ko‘rgan shaxs ishlab chiqarish
          hajmlarini kengaytirmagan holda undan bepul foydalanish huquqini

          saqlab qoladi.
            O‘simliklarning  yangi  navlarini  muhofaza  qilish  to‘g‘risidagi
          Xalqaro konvensiyaning 12-moddasiga asosan talabnoma beruvchiga
          Intellektual mulk agentligiga yetishmayotgan yoki tahrir qilingan
          hujjatlarni taqdim etish imkonini berish uchun to‘ldirilmoqda. Unga
          ko‘ra,  agar  rasmiy  ekspertiza  jarayonida  talabnoma  qonunchilikda
          belgilangan talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa,
          talabnoma  beruvchiga  tegishli  bildirishnoma  jo‘natilgan  sanadan
          uch oy muddat ichida etishmayotgan yoki to‘g‘rilangan hujjatlarni

          taqdim etish zarurligi to‘g‘risidagi bildirishnoma yuboriladi .
                                                                              19
            “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan
          joy  nomlari  to‘g‘risida”gi  qonunga  esa  tovar  belgisiga  doir  va
          tovar  kelib  chiqqan  joy  nomidan  foydalanish  huquqi  to‘g‘risidagi
          guvohnomalarni berish muddatlarini aniqlashtirish uchun tuzatishlar
          kiritilmoqda. Bunday hujjatni berish o‘rnatilgan tartibda o‘n kun
          ichida emas, o‘n ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

            Qonun loyihasini tayyorlash chog‘ida xalqaro tajribaning tahliliga
          tayanildi.  AQSh,  Fransiya,  Ukraina,  Gruziya,  Germaniya,  Rossiya
          Federatsiyasi,  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Belarus  Respublikasi
          qonunchiligiga murojaat qilindi. Mazkur Qonun qabul qilinsa, sanoat
          mulki obyektlari huquqiy muhofazasiga ega bo‘lish muddatlarini va
          patentlash  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  qisqar tirishga, sanoat  mulki
          obyektini  yaratgan  muallifning  patent  olish  uchun  huquqlari
          hamda muallif o‘z nomiga patent olishi mumkin bo‘lgan holatlarni
          aniqlashtirishga, yaratilgan sanoat mulki obyektidan foydalanilganda

          muallifga mukofot olish huquqini belgilashga, o‘simliklarning yangi
          navlarini huquqiy muhofazasi bo‘yicha xalqaro konvensiya talablari
          bilan uyg‘unlashtirishga, seleksiya yutug‘iga patentni berish

          19  https://www.ippc.int/ru/who-we-are
                                               207
   203   204   205   206   207   208   209   210   211   212   213