Page 210 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 210
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• huquq egasiga litsenziya shartnomasi asosida intellektual
faoliyat natijalaridan boshqa shaxsning foydalanishi uchun ruxsat
berish huquqini beradi;
• intellektual faoliyat natijalari ifodalangan moddiy tashuvchilarga
mulk huquqi bilan bog‘liq emas.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar doimo muallif bilan qoladi, ular
ko‘chirilmaydi, meros qoldirilmaydi va abadiy himoyalanadi. Shaxsiy
nomulkiy huquqlar qatoriga mualliflik huquqi, nomga mualliflik
huquqi, asarning daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99-moddasida shaxsiy nomul kiy
huquqlar to‘g‘risida quyidagilar keltirib o‘tiladi: “Shaxsning hayoti
va sog‘lig‘i, shaʼni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik
obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri,
nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi,
boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab
yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy
neʼmatlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga
berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy
huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar qonunda nazarda tutilgan
hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining
vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.” 20
Intellektual mulk to‘g‘risida gapirar ekanmiz, muallif va
huquq egasi institutlarini farqlab olishimiz talab etiladi.
2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va
turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 3-moddasida muallifga – ijodiy mehnati bilan
asar yaratgan shaxs, deb taʼrif berilgan. Huquq egasiga esa
mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rlari,
turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari,
fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv
yohud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek, shartnomada
yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha
asarlardan yohud turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish
20 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. www.lex.uz
209