Page 205 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 205

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga
             ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va
             hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham. Yana shuni ham
             ko‘zda tutish kerakki, intellektual mulk intellektual faoliyat natijalari
             mujassamlashgan moddiy obyektlarga mulk huquqini ko‘zda tutmaydi,

             masalan, elektron hisoblash mashinalari uchun dastur muallifi, ushbu
             dastur yozilgan axborot tashuvchilarning mulkdori sanalmaydi, yangi
             ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonining  yaratuvchisi  esa  mazkur
             jarayonni joriy etish natijasida olingan barcha mahsulotlarga daʼvo
             qila olmaydi. Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz,
             ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tu-
             shunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
                Intellektual  mulk  huquqiga  oid  qonunchilik  tarixan  ikki
             yo‘nalishda  rivojlanib  kelgan:  1)  mualliflik  huquqi  to‘g‘risidagi

             qonunchilik;  2)  sanoat  mulki  to‘g‘risidagi  qonunchilik.  Sanoat
             mulkini  muhofazalash  bo‘yicha  Parij  konvensiyasiga   muvofiq,
                                                                              18
             sanoat mulki tushunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan
             qo‘llaniladi,  balki  keng  maʼnoda  qishloq  xo‘jaligi,  undiruvchi
             sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan
             bog‘liq bo‘lgan: sharob, g‘alla, meva, qoramol, foydali qazilmalar,
             mineral  suvlar,  gullar,  un  kabi  barcha  mahsulotlarga  nisbatan

             ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, “sanoat mulki” atamasi yetarlicha
             shartli  hisoblanadi  va  intellektual  mulkning  ishlab  chiqarishda
             (faqat sanoatda emas) foydalanilayotgan bir qismini ifoda etadi.
             Bular ixtiro patentlari, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar
             belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovarlarning
             kelib chiqish joy nomlari kabilar bo‘lishi mumkin. 1970-yillardan
             boshlab sanoat mulkining zamonaviy konsepsiyasi “nou-xau” ni o‘z
             ichiga qamrab ola boshladi, so‘nggi paytlarda seleksiya yutuqlari va
             integral mikrosxemalar topologiyasini ham ular tarkibiga kiritish

             holati kuzatilmoqda. Taʼkidlash joizki, sanoat mulki obyektlari va
             mualliflik huquqi obyektlari innovatsion faoliyat mahsulotlariga
             bevosita bog‘liqdir.

             18  https://www.wipo.int/treaties/ru/ip/paris/
                                                  204
   200   201   202   203   204   205   206   207   208   209   210