Page 207 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 207

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             qurilmalar, moddalar, mikroorganizmlar shtammlari, o‘simlik va
             hayvon hujayralarining turlari) va usul bo‘lishi mumkinligi maʼlum
             bo‘ldi. Germaniyaning “Foydali modelni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
             qonuniga  muvofiq  foydali  modellar  obyekti  sifatida  moddalar
             (kompozitsiyalar, kimyoviy moddalar) muhofaza qilinar ekan. Bundan

             tashqari, mazkur qonunning tegishli moddasi sanoat mulki obyektini
             yaratishda ijodiy mehnati bilan sanoat mulki obyektini yaratgan
             muallifning patent olish uchun huquqlarini hamda muallif o‘z nomiga
             patent olishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlashtirishga qaratilgan
             qoidalar bilan to‘ldirilmoqda. Yaʼni agar ish beruvchi bilan muallif
             (hammualliflar) o‘rtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi
             qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa va muallif (hammualliflar)
             tomonidan sanoat mulki obyekti yaratilganligi to‘g‘risidagi yozma
             ravishda  ish  beruvchiga  bildirgan  sanadan  eʼtiboran  to‘rt  oy

             mobaynida ish beruvchi Intellektual mulk agentligiga patent olish
             uchun talabnoma topshirmasa, boshqa shaxsga patent berish uchun
             talabnomani topshirish huquqini o‘tkazmasa yoki tegishli obyektni
             sir  tutish  to‘g‘risida  muallifga  (hammualliflarga)  xabar  bermasa,  u
             holda muallif (hammualliflar) talabnomani topshirish va o‘z nomiga
             patent olish huquqiga ega bo‘ladi.
                Bundan  tashqari,  “Seleksiya  yutuqlari  to‘g‘risida”gi  Qonunga  ta-

             labnoma beruvchiga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniya tini
             berish maqsadida yangi modda kiritilmoqda. Unda ifodalanayotganidek,
             patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan
             muddatda  to‘lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya
             yutug‘i patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga
             ko‘ra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi
             tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida, biroq pa tentning ushbu
             qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar
             agentlikka  topshirilishi  mumkin.  Patent  egasining  iltimosnomasiga

             patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent
             boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak. Seleksiya
             yutug‘i patentining amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar
             agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Seleksiya yutug‘i

                                                  206
   202   203   204   205   206   207   208   209   210   211   212