Page 204 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 204

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          “Mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston
          Res publikasi  Qonunining  5-moddasida  mualliflik  huquqi  obyekti
          haqida gap boradi. Xususan, mazkur 5-moddaga ko‘ra: “Mualliflik hu-
          quqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga
          nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek, ifo dalanish

          usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
            Mualliflik  huquqi  quyidagi  biron-bir  obyektiv  shaklda  bo‘lgan
          oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham
          tatbiq etiladi:
            yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
            og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
            ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
            tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki
          fotokadr va hokazo);

            hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
            boshqa shakllardagi.
            Mualliflik huquqi g‘oyalar, tamoyillar, uslublar, jarayonlar, tizimlar,
          usullar  yoki  konsepsiyalarga  emas,  balki  ifoda  shakliga  nisbatan
          tatbiq etiladi” .
                          17

                 Intellektual mulk obyektlari va ularni himoya qilish
                                  uchun huquqiy rejimlar

              Intellektual  mulk  obyektlarini  boshqarishda,  vujudga  kelgan
          muam molarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiy
          kategoriyalarning o‘rni katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda
          bo‘l gani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish
          va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq himoya obyekt-
          larining nomoddiyligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini
          ko‘rsatadi,  yaʼni  intellektual  mulk  qancha  isteʼmol  qilinmasin,
          u  tugamaslik  tavsifiga  ega  bo‘lib  qolaveradi.  Agar  siz  biror  bir

          mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda
          u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi.
          Mabodo  siz  o‘zgalarning  intellektual  faoliyati  natijalariga  egalik

          17  “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. www.lex.uz
                                               203
   199   200   201   202   203   204   205   206   207   208   209