Page 198 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 198

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Adliya vazirligi “Snickers”, “Mars” va “Bounty” brendlariga bo‘l-
          gan huquqlarning buzilishini aniqladi
            Agentlik soxta shokolad batonchiklari o‘rama qog‘ozlarini yo‘q qilishga
          qaror qildi. Adliya vazirligining intellektual mulk boshqarmasi “Mars”,
          “Snickers” va “Bounty” brendlariga bo‘lgan huquqlarning buzilishi oldi

          olinganligini  maʼlum  qildi. Agentlikka  barcha  uchta  savdo  belgilariga
          bo‘lgan huquqlarning egasi Amerikaning “Mars Inc.” kompaniyasining
          ishonchli vakili murojaat qildi. Arizachining so‘zlariga ko‘ra, huquqbuzar
          A. B. sifatida qayd etilgan o‘zbek kompaniyasi bo‘lgan.
            Mahalliy  kompaniya  “Strikers”,  “Maris”  va  “Bonti”  brendlari  ostida
          shokolad  batonchiklarini  ishlab  chiqargan.  Bayonotda  ko‘rsatilganidek,
          bu  nomlar  ovoz  va  imlo  jihatidan  “Mars  Inc.”  kompaniyasiga  tegishli
          brendlarga  o‘xshab  ketadi.  Vazirlik  departamenti  xodimlari  o‘tkazgan
          tekshiruv natijasida kompaniyaga qarshi maʼmuriy bayonnoma rasmiy-

          lashtirilgan (Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risi-dagi Kodeksning 177-moddasi
          1-qismi) va soxta mahsulotlarning o‘ramlarini yo‘q qilishga qaror qilingan.
                                                  Adliya vazirligi matbuot xizmati


                     Intellektual mulk agentligi “Apple” va “Amazon”
              kompaniyalarining intellektual mulk huquqini himoya qildi
            Intellektual  mulk  agentligi  tadbirkorlarni  tovar  belgisidan  faqat

          litsenziya shartnomasi bo‘yicha foydalanishga chaqirdi.
            Intellektual mulk agentligi AQShning ikkita texnologiya kompaniya-
          sining huquqlarini himoya qildi.
            Boshqarma matbuot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahrida
          “Apple”  savdo  markasidan  chakana  savdo  shoxobchasi  tomonidan
          noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
            Mualliflik  huquqi  egasining  ruxsatisiz  va  litsenziya  shartnomasini
          tuzmasdan  tovar  belgisidan  foydalanganlik  uchun  huquqbuzar  sudga
          berildi.

            Natijada  tadbirkor  do‘konning  peshtoqidan “Apple”  savdo  belgisini
          olib tashladi.Yana bir holat Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlandi.
          Agentlik  chakana  savdo  do‘konlari  va  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari
          tomonidan  intellektual  mulk  huquqlariga  rioya  etilishini  muntazam

                                               197
   193   194   195   196   197   198   199   200   201   202   203