Page 185 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 185
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
1) ichki foydalanish uchun tuzilgan va bozor ehtiyojlariga va zarur
resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq yaqin va uzoq kelajak
uchun biznesni rivojlantirish strategiyasini ifodalovchi biznes-
rejalar. Bunday holda, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyli-
gini, maqsadli natijalarga erishishning haqqoniylik darajasini baho-
lashdan iborat bo‘ladi;
2) potensial investorlarni yoki kredit resurslarini jalb qilish
maqsadida tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan biznes-rejalar.
Biznes-reja asosida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
• kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, ularni
amalga oshirish strategiyasi va taktikasini shakllantirish;
• faoliyatning muayyan yo‘nalishlarini, istiqbolli sotuv bozorlarini
va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini aniqlash; kompaniya-
ning marketing strategiyasini belgilash;
• mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan
xarajatlarni baholash;
• kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish
bo‘yicha talablarga muvofiqligini baholash;
• moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudligi va yetarliligini
aniqlash va loyihaning potensial rentabellik darajasini tekshirib
ko‘rish;
• xatarlarni tahlil qilish.
Biznes-rejaning namunaviy tuzilishi odatda quyidagi qismlardan
tashkil topadi:
1. Rezyume (loyihaning qisqacha tavsifi).
2. Loyiha tashabbuskori (alohida shaxs + jamoa + korxona)
3. Mahsulot tavsifi.
4. Bozorni tahlil qilish.
5. Marketing rejasi.
6. Ishlab chiqarish rejasi.
7. Tashkiliy reja.
8 Moliyaviy reja va samaradorlik tahlili.
9. Investitsiya rejasi.
10. Xatarlarni tahlil qilish.
184