Page 180 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 180
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
“Qiymat taklifi” va “xaridorlar segmenti” bloklarini to‘ldirgandan
so‘ng, odatda “mijozlar bilan aloqalar” (customer relationships)
blokini to‘ldirish tavsiya etiladi. Ushbu blokni to‘ldirayotganda
quyidagi savollarga javob berish tavsiya etiladi:
1. Biznes-model nuqtai nazaridan mijozlarning har bir segmenti
bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak?
2. Kompaniya va mijozlar o‘rtasida qanday munosabatlar o‘rnatilgan?
3. Mijozlar bilan bo‘lgan munosabat biznesning qolgan qismiga
qanday taʼsir qiladi?
4. Mijozlar bilan hozirgi munosabatlar qanchalik qimmatga
tushadi?
Mijozlar bilan munosabatlarning quyidagi xususiyatlari ushbu
maydonning asosiy jihati hisoblanadi:
• Mahsulotdan foydalanishda shaxsiy qo‘llab-quvvatlash (yordam);
• O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish;
• Avtomatlashgan xizmat ko‘rsatish;
• Mijozlar jamoasini yaratish;
• Mijozlar bilan hamkorlik (kollaboratsiya).
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi korxonaning xarajatlariga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qilishini tushunish muhimdir, yaʼni mijozlar
bilan shaxsiylashtirilgan munosabatlarni qanday o‘zini oqlashini
baholay olish lozim.
“Kanallar” bloki avvalgi blok bilan kuchli darajada bog‘liq hisob-
lanadi. Ushbu bo‘limda kompaniyaning asosiy mijozlar bilan hamkorlik
aloqalarini qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos texnologiyalari bayon
qilinadi. Mazkur blok uchun asosiy savollar quyidagilar:
1. Qaysi kanallar orqali mijozlar bilan munosabatlar yo‘lga
qo‘yiladi?
2. Hozirda mijozlar qanday qilib topiladi?
3. Bu kanallar bir-biriga qanday darajada bog‘langan?
4. Qaysi kanallar eng yaxshi ishlaydi?
5. Kanallarning qaysi biri kam xarajatli?
6. Mijozlar bilan munosabatlar kanallari biznes bilan qay darajada
integratsiyalashgan?
179