Page 178 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 178

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Asosiy  jarayonlar.  Muvaffaqiyatli  faoliyat  ko‘rsatuvchi  kompa-
          niyalar yaratilgan qiymatni isteʼmolchilarga vaqt va makonda tezkor
          va  samarali  tarzda  yetkazib  berish  imkonini  beruvchi  operatsion
          va boshqaruv jarayonlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.
          Asosiy  jarayonlarga  o‘qitish,  taraqqiy  ettirish,  ishlab  chiqarish,

          budjetlashtirish,  rejalashtirish, sotish  va  xizmatlar va  shuningdek,
          kompaniyada ishlab chiqilgan qoida va meʼyorlar ham kiradi.
            Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rt unsur har qanday biznes-model ning
          asosiy bloklari hisoblanadi. Isteʼmolchilarga taqdim etiladigan qiymat
          va daromad formulasi mos ravishda isteʼmolchilar va kompaniyalar
          uchun qiymatni aniqlab bersa; asosiy resurslar va asosiy jarayonlar
          esa ushbu qiymatning isteʼmolchilarga va kompaniyalarga qay tarzda
          yetkazib berilishini izohlab beradi. Bir ko‘rinishdan sodda bo‘lib
          ko‘ringan  ushbu  modelning  kuchi  uning  qismlarining  murakkab

          o‘zaro bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. To‘rtta unsurdan biridagi global
          o‘zgarish  modelning  boshqa  uchta  qismiga,  shuningdek,  umumiy
          holda biznes-modelning o‘ziga ham taʼsir qiladi.


                           5.4. Biznes-modelni shakllantirish:
                                 A. Ostervalder yondashuvi
             Quyida biz bevosita biznes-modelni shakllantirish borasida so‘z

          yuritamiz. Bunday rasmiylashtirish usullaridan biri “Biznes-model-
          larni  yaratish”  kitobida Aleks  Ostervalder  va  I.  Pinelar  tomonidan
          taklif  etilgan.  Asosiy  g‘oya  biznes-modelni  A4  formatidagi  bitta
          varaqqa joylashadigan, aniq tartiblangan holda barchaga birdek tu-
          shunarli bo‘lishini taʼminlashdan iboratdir. Ostervalder har qanday
          biznes-modelni  to‘qqizta  blokdan  iborat  xarita  sifatida  shakllanti-
          rishni taklif qiladi. Har bir blokning boshqasidan alohida tahlil qi-
          lish mumkinligi va shuningdek, bir komponentning o‘zgarishi qolgan
          komponentlarga qanday taʼsir qilishini ko‘rib chiqishga imkon berishi

          bilan ushbu shakl bir muncha qulay sanaladi.
            Ostervalder biznes-modelni tashkilotni yaratish, rivojlantirish
          va muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy tamoyillarini taʼriflash uchun
          zarur vosita sifatida tushuntiradi. Ostervalder modelining bloklarini

                                               177
   173   174   175   176   177   178   179   180   181   182   183