Page 174 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 174
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
1. Bizning maqsadli mijozlarimiz kimlar?
2. Biz maqsadli isteʼmolchilarga qanday tovarlar (xizmatlar)ni
taklif qilishimiz kerak va ular boshqalardan qanday farq qilishlari
kerak?
3. Buni maksimal samaradorlik bilan qanday amalga oshiraman?
Muayyan kompaniya nuqtai nazaridan optimal biznes-modelini
yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchi bosqich biznesning
muvaffaqiyati biznes-model haqidagi fikrlardan emas, balki haqiqiy
isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari haqidagi
fikrlardan boshlanishi lozimligini anglatadi. Ikkinchi bosqich –
kompaniyaning yuqorida ko‘rsatilgan imkoniyatlarni amalga oshirish
asnosida rejalashtirilgan daromad darajasiga qay tarzda erishishi
mumkinligini tasavvur qilishga imkon beruvchi andoza ishlab chi-
qishdan iborat bo‘ladi.
173