Page 179 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 179

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             to‘ldirishga  urinib  ko‘ramiz.  Ostervalder  modelining  birinchi  va
             asosiy bloki “qiymat taklifi” (value proposition) blokidir. Ushbu blokni
             to‘ldir-ganda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:
                1.  Biznes isteʼmolchilarga qanday qiymatni yetkazib berishi mumkin?
                2. Biznes isteʼmolchilarning aynan qaysi muammosi (muammolari)

             ni hal etishi lozim?
                3.  Bozorda qaysi mahsulot va xizmatlar taklif etiladi?
                4.  Kompaniya  isteʼmolchilarning  qaysi  ehtiyojlarini  qondiradi?
             To‘ldirilishi  lozim  bo‘lgan  ushbu  maydonning  asosiy  tavsiflovchi
             jihati bo‘lib, qiymat taklifining quyidagi o‘ziga xosliklari hisoblanadi:
                • yangilik;
                • ish sifati;
                • dizayn;
                • brend;

                • mahsulot narxi;
                • xarajatlarni kamaytirish yoki xatarlarni kamaytirish imkoniyati;
                • mahsulotga yetishishning osonligi;
                • qulaylik.
                Shuni taʼkidlash lozimki, ushbu blokda asosiy eʼtibor mahsulot yoki
             xizmatning  o‘ziga  emas,  balki  ularning  isteʼmolchiga  keltiradigan
             nafliligiga qaratilishi lozim.

                Ostervalder  modelining  ikkinchi  bloki  “Mijozlar  segmenti”
             (customersegments)  hisoblanadi.  Mazkur  blokni  to‘ldirish  uchun
             quyidagi savollarga javob berish muhim:
                1.  Qiymat kimlar uchun yaratilyapti?
                2.  Kompaniya uchun eng muhim isteʼmolchilar kimlar sanaladi?
                Quyidagi  bozor  tavsiflari  ushbu  maydonning  asosiy  tavsiflovchi
             jihatlari hisoblanadi:
                - bozor o‘lchamlari (bozordagi ulush yoki mass-market);
                - bozor qanchalik segmentlarga ajratilgan;

                Bozor qanchalik diversifikatsiyalashgan.
                Ushbu  blokda  mijozlar  nafaqat  jismoniy  shaxslar,  balki  yuridik
             shaxslar ham bo‘lishi mumkinligini qayd etib o‘tish lozim. Bunda mazkur
             segmentlar uchun qiymat takliflari bir muncha farq qilishi mumkin.

                                                  178
   174   175   176   177   178   179   180   181   182   183   184