Page 183 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 183
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
4. Qaysi asosiy faoliyat turlari evaziga mijozlardan keluvchi
daromadlar oqimi ko‘payadi?
Faoliyat turlarining asosiy toifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
• ishlab chiqarish faoliyati;
• muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyat turlari;
• mijozlar jamoasini shakllantirishga qaratilgan faoliyat turlari.
Biznes-jarayonlar faqat ishlab chiqarish jarayonlari bilan
chegaralanmasligini tushunish muhimdir. Mijozlar bilan aloqalar
o‘rnatishning marketing va shu kabi boshqa usullariga ham eʼtibor
qaratish lozim.
Ostervalder modelining eng oxirgisidan bitta oldingi bloki “Asosiy
hamkorlar” (key partners) blokidir. Mazkur blokda kompaniya
faoliyatini amalga oshirishda ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi va faol
hamkorlik qiluvchi biznes-hamkorlar bayon qilinadi. Blokning asosiy
savollari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Kompaniyaning asosiy hamkorlari kimlar?
2. Kompaniyaning asosiy taʼminotchilari kimlar?
3. Kompaniya hamkorlardan qaysi asosiy resurslarni sotib oladi?
4. Kompaniyaning hamkorlari tomonidan amalga oshiriladigan
asosiy faoliyat turlari nimalardan iborat?
Hamkorlarni rag‘batlantirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan
iborat:
• Hamkorlikni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish;
• Hamkorlikda yuzaga keluvchi xatarlarni pasaytirish;
• Aniq resurslarni xarid qilish.
Hamkorlar bilan aloqalar, ulardan faqatgina resurslarni xarid qi-
lishdan iborat emas. Bunday munosabatlar uzoq muddatli hamkorlik
asosni tashkil etadigan yaxshi tuzilgan biznes-jarayonlarni talab
qiladi.
“Xarajatlar tarkibi” blogi Ostervalder modeli sarf-xarajatlar
qismining so‘nggi bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu blok kompaniyaning
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni
tavsiflaydi. Quyidagilar blokning asosiy savollari hisoblanadi:
1. Kompaniyaning biznesidagi eng muhim xarajatlar qaysilar?
182