Page 182 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 182
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
naqdsiz hisob-kitob ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin) asosiy eʼtibor
qaratiladigan jihat hisoblanadi. Bu narsani kompaniyaning mijozlar
bilan munosabatlarni o‘rnatishida, albatta, eʼtiborga olish kerak.
Endilikda Ostervalder modelining chap (sarf-xarajatlar) qismini
to‘ldirishga o‘tamiz. Birinchi blok “asosiy resurslar” (key resources)
blokidir. Ushbu blokda kompaniyaning faoliyati uchun zarur bo‘lgan
resurslar to‘g‘risida maʼlumotlar keltiriladi. Blokning asosiy savollari
quyidagilar:
1. Kompaniyaning qiymat taklifi qanday muhim resurslarni talab
qiladi?
2. Muvaffaqiyatli distributsiya uchun qanday resurslar kerak?
3. Mijozlar bilan munosabatlarni doimiy darajada ushlab turish
uchun qanday resurslar kerak?
4. Daromad olish uchun qanday resurslar kerak?
Ushbu maydonning asosiy xususiyatlarini quyidagi resurslar tipi
belgilab beradi:
• moddiy resurslar;
• nomoddiy aktivlar;
• inson resurslari;
• moliyaviy resurslar.
Ushbu maydonning muhim xususiyati – inson resurslariga bo‘lgan
ehtiyojdir. Bu o‘rinda faqatgina inson resurslarining miqdori emas,
balki asosiy xodimlarning o‘ziga xos tavsiflarini ham tushunib olish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ostervalder modeli xarajatlar qismining keyingi bo‘lagi “asosiy
faoliyat turlari” (key activities) blokidir. Ushbu blokda kompaniya-
ning asosiy biznes-jarayonlari bayon qilinadi. Ushbu blokni
to‘ldirayotganda, quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:
1. Kompaniyaning qiymat taklifi qaysi asosiy faoliyat turlarini
talab qiladi?
2. Qaysi asosiy faoliyat turlari distributsiya kanallarini yaratishni
taqozo qiladi?
3. Qaysi faoliyat turlari xaridorlar bilan munosabatlarga kirishishni
talab qiladi?
181