Page 175 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 175
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
5.1-jadval
Biznes-modelning tanlanma taʼriflari
Muallif, yil Taʼrif
Timmers, Biznes-model o‘zida biznesning turli ishtirokchilari va ularning biznes
1998 jarayonlardagi o‘rnini, biznesning turli ishtirokchilari uchun potensi-
al nafliligini, daromad olish manbalarini batafsil bayon qilib beruvchi
mahsulot, servis va axborot oqimlarining o‘ziga xos “arxitektura”sini
ifoda etadi.
Amit&Zott, Biznes-model “biznes-imkoniyatlardan foydalanish orqali qiymat
2011 yaratish maqsadida qurilgan xo‘jalik faoliyati aktlarining mazmuni,
tuzilmasi va ularni boshqarish jarayonlari”ni aks ettiradi.
Chesbrough& Biznes-model o‘zida “texnik imkoniyatlarni iqtisodiy qiymatning amal-
Rosenbloom, ga oshishi bilan birlashtiruvchi evristik mantiq”ni ifodalaydi.
2002
Magretta, Biznes-modellar – bu “korporatsiyalar faoliyatining mantig‘ini bayon
2002 qilib beruvchi tarixdir. Yaxshi biznes-model Piter Drukerning azaliy
savollariga to‘laqonli javob beradi: Isteʼmolchilar kimlar? Isteʼmol qiy-
mati qanday bo‘lishi kerak? U shu bilan birgalikda har bir boshqaruvchi
beradigan quyidagi savollarga ham javob berishi kerak: Biz bu biznesda
qanday qilib pul ishlab topamiz? Maʼlum narxlar bo‘yicha isteʼmolchi-
larga qiymatni biz qanday qilib yetkazib berishimizni tushuntirib be-
radigan iqtisodiy mantiqning asosida nima yotadi?
Morris et.al., Biznes-model – bu “maʼlum bir bozorlarda barqaror raqobat ustunli-
2005 giga erishish maqsadida iqtisodiyot, biznes arxitekturasi va venchurli
strategiyalar sohasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yechimlar to‘plami bilan
qanday munosabatda bo‘lish lozimligini tushuntirib beruvchi qisqacha
izohdir...” Biznes-model “oltita asosiy tashkil etuvchini o‘z ichiga ola-
di: qiymat, isteʼmolchilar tavsifi, ichki jarayonlar (kompetensiyalar),
tashqi muhitda o‘rin egallash, iqtisodiy model va shaxsiy (investitsion)
omillar”.
Johnson et. Biznes-model “birgalikda qiymat yaratuvchi va uni taʼmin etuvchi o‘za-
al., 2008 ro bog‘liq bo‘lgan to‘rtta tashkil etuvchidan tarkib topadi”. Bu tashkil
etuvchilar quyidagilardan iborat: isteʼmolchilar taklif qilingan qiymat,
foyda olish formulasi, asosiy resurslar, asosiy jarayonlar.
Casadesus- “Biznes-model – bu firma tomonidan amalga oshiriluvchi strategiya-
Masanell& ning amalda aks etishi firmaning o‘z steyk-xolderlari (biznesga taʼsir
Richard, 2010 ko‘rsatuvchi yoki taʼsir ko‘rsata olish layoqatiga ega bo‘lgan tashkilot
yoki shaxslar) uchun qiymat yaratish bo‘yicha operatsiyalarni amalga
oshirish usul va vositalari va shu bilan bir qatorda firma faoliyatining
mantig‘i hamdir”.
Teece, 2010 Biznes-model – kompaniyaning isteʼmolchilar uchun yaratayotgan qiy-
matining hayotiy daromad va xarajatlari tarkibini va hamda isteʼmolchi
uchun taklif qilinayotgan qiymat darajasining yuqori bo‘lishini taʼ min
etuvchi jarayonlarning mantig‘ini aniqlashtirib beradi.
174