Page 173 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 173

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                 Aniqlangan muammo qanchalik fundamental, uning yechimi esa
             qanchalik oson va ishonchli bo‘lsa, biznes g‘oya shunchalik samarali
             bo‘ladi,  yaʼni  biznes  g‘oyaning  qaytimi  shunchalik  katta  bo‘ladi
             va  keng  quloch  yozish  darajasi  ham  yuqori  bo‘ladi.  Biznes  g‘oyani
             amalga oshirishda muvaffaqiyatni taʼmin etuvchi omillarning yana

             bir guruhi tadbirkorning imkoniyatlari, resurs va aktivlarining
             mavjudligi va shuningdek, turli xil xatarlar bilan bog‘liq. Biznes
             g‘oyani  shakllantirish  –  bu  potensial  isteʼmolchilarning  muhim
             muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini
             muntazam baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini proaktiv
             shakllantirishning murakkab jarayonidir.
                Tanlab olingan biznes g‘oyani biznes-modelga aylantirish jarayoni
             1-rasmda ko‘rsatib o‘tilgan.


                             5.2. Biznesni modellashtirish asoslari

                Kompaniya biznes-modelini shakllantirish jarayonini ko‘rib
             chiqamiz.  Tashqi  muhit  omillarining  yuqori  dinamikasi,  tovarlar
             va xizmatlar hayotlik siklining qisqarishi, shuningdek, bozorda
             mustahkam        o‘rin   egallashga      yo‘naltirilgan    uzoq     muddatli
             strategiyalarni ishlab chiqishdan nisbatan qisqa muddatli davrlarga
             mo‘ljallangan       samarali     biznes-tuzilmalarni        shakllantirishga

             o‘tish, zamonaviy strategik menejmentda biznes-modellashtirish
             mavzusining har qachongidan ko‘ra dolzarb ahamiyat kasb etishiga olib
             keldi. Bugungi kunda biz nes-modellarning umum qabul qilingan taʼrifi
             mavjud emas. Biz nes-model tushunchasiga berilayotgan taʼriflarda
             ketma-ketlik  va  aniqlikning  yetishmasligi  doimiy  chalkashliklarni
             keltirib  chiqaradi,  bu  esa  biznes-modellashtirish  sohasida  yaxlit
             tizimlashtirilgan tadqiqot yo‘nalishining shakllanishiga to‘sqinlik
             qiladi. 5.1-jadvalda biz nes-modelning eng keng tarqalgan taʼriflari
             keltirilgan.

                Umuman  olganda,  Derek  Abella  mantig‘iga  asoslangan  holda
             jadvalni  kuzatib,  biznes-modelni  kompaniyaga  quyidagi  uchta
             savolga  bergan  javoblarining  jamlanmasi  sifatida  talqin  qilishimiz
             mumkin:

                                                  172
   168   169   170   171   172   173   174   175   176   177   178