Page 725 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 725
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
GLOSSARIY
Aholi bandligi – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy mehnatda
qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo‘lmagan tarzda fuqaroning
shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyati.
Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosati – davlat tomonidan
fuqarolarning mehnatga, to‘liq, samarali va erkin tanlangan bandlikka
bo‘lgan huquqlarini taʼminlash bo‘yicha amalga oshiriladigan
faoliyat.
Aholining umumiy daromadi – pul daromadlari va natura shak-
lidagi daromadlar hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi xususiyatga
ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda uy xo‘ja-
li gi yoki uning alohida aʼzolariga tushadigan tushumlardan tarkib
topadi.
Aholining turmush darajasi – bu aholi farovonligi, neʼmatlar va
xizmatlar isteʼmolining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyoj-
larini qondirish meʼyorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar
majmuidir.
Asar nusxasi — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan
ko‘chirmasi.
Asarni omma oldida namoyish etish – asarning asl nusxasi
yoki nusxasini bevosita yoxud plyonka, diapozitiv, televizion kadr
yor damida yoki biron-bir boshqa texnika vositalari orqali ekranda
ko‘rsatish, shuningdek audiovizual asarning ayrim kadrlarini ular-
ning ketma-ketligiga rioya etmasdan omma uchun ochiq joyda yoki
ayni bir oila aʼzolari bo‘lmagan shaxslarning keng doirasi hozir
bo‘lgan joyda ko‘rsatish.
Asarni oshkor qilish – muallifning roziligi bilan amalga oshirilgan,
asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro
etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo‘li bilan ilk bor
asardan barchaning voqif bo‘lishi uchun imkon beradigan harakat.
Audiovizual asar – bir-biri bilan bog‘langan (ovoz jo‘rligida
yoki ovoz jo‘rligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat
724