Page 726 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 726

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          bo‘lgan, tegishli texnika vositalari yordamida ko‘rib va eshitib
          (ovoz  jo‘rligida  bo‘lganida)  idrok  etish  uchun  mo‘ljallangan  asar,
          shu jumladan dastlabki yoki keyingi qayd etish usulidan qatʼi nazar
          kinematogra fiya asarlari va kinematografiyanikiga o‘xshash vositalar
          bilan  ifodalangan  barcha  asarlar  (tele-  va  videofilmlar,  diafilmlar,

          slaydfilmlar hamda boshqa asarlar).
            Audiovizual  asarni  tayyorlovchi  – shunday asarni tayyorlash
          tashabbusi va masʼuliyatini o‘z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy
          shaxs.
            Auditorlik  tashkiloti  – auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va
          turdosh  xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  auditorlik  faoliyatini  amalga
          oshiruvchi tijorat tashkiloti.
            Auditorlik faoliyati – auditorlik tashkilotlarining auditorlik xiz-
          matlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati.

            Aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
          dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda
          ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning
          bir  qismiga  bo‘lgan  huquqini  tasdiqlovchi,  amal  qilish  muddati
          belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli
          qog‘oz.
            Affiliatsiya  –  bu  boshqa  odamlar  bilan  birga  bo‘lish  istagi,

          boshqa  odamlar  bilan  iliq,  ishonchli,  hissiy  jihatdan  mazmunli
          munosabatlarni o‘rnatish zarurati.
            “Aqliy hujum” usuli – bu bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq
          odamning  turli  xil  g‘oyalar,  fikrlar  va  takliflarni  muhokama  qilish,
          izlash va ishlab chiqishda faol ishtirok etishiga asoslangan usul.
            Barchaning  eʼtiboriga  yetkazish  –  asarlarni yoki  turdosh
          huquqlar obyektlarini simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali
          telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o‘z tanloviga ko‘ra
          istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin

          bo‘lgan tarzda barchaning eʼtibori uchun yuborish.
            Barchaning  eʼtibori  uchun  yuborish  – asarlarni yoki turdosh
          huquqlar  obyektlarini  efirga  uzatish,  kabel  orqali  yuborish,
          shuningdek ularni yuborish joyida vakillari bo‘lmagan omma eshitib

                                               725
   721   722   723   724   725   726   727   728   729   730   731