Page 727 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 727

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             va (yoki) ko‘rib idrok etishi uchun, shu tarzda eshitish yoki ko‘rish
             mumkin bo‘lgan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektlari amalda
             idrok  etilishi-etilmasligidan  qatʼi  nazar,  har  qanday  boshqacha
             usullarda yetkazish (nusxalarni tarqatish bundan mustasno).
                Barqarorlik – tinchlik-osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qatʼiy,

             uzil-kesil mustahkam o‘rnatilgan muhim sharoit. Barqarorlik har qan-
             day bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi.
                Bazisli  innovatsiyalar  –  bu  ilgari  mavjud  bo‘lmagan  isteʼmol
             xususiyatlari va jihatlariga yoki ishlab chiqarish unumdorligi yohud
             narxi bo‘yicha sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot, jarayon yoki
             xizmatlardir.  Bazisli  innovatsiyalarni  baʼzan  radikal  innovatsiyalar
             ham deb atashadi.
                Barqaror  iqtisodiy  o‘sish  –  makroiqtisodiy barqarorlik
             tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, maʼlum bir tizimning

             tashqi taʼsirlar ostida joriy holatini saqlagan holda iqtisodiy o‘sishga
             eri shish tushuniladi.
                Bitim  –  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  fuqarolik  huquq  va
             burchlarini  belgilash,  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilishga  qaratilgan
             harakatlar. Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama
             (shartnomalar)  bo‘lishi  mumkin.  Bitim  tuzish  uchun  qonun
             hujjatlariga  yoki  taraflarning  kelishuviga  muvofiq  bir  tarafning

             xohishi  zarur  va  yetarli  bo‘lsa,  bunday  bitim  bir  taraflama  bitim
             hisoblanadi. Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim)
             yoki uch yoxud undan ko‘p taraf (ko‘p taraflama bitim) kelishib xohish
             bildirgan bo‘lishi kerak.
                Bozor  narxlari  – xalqaro hisoblarni baholashning asosi
             hisoblanadi.  Tranzaksiyalar  bo‘yicha  bozor  narxlari  xaridorning
             ixtiyoriy ra vishda biror-bir narsani uni ixtiyoriy ravishda sotayotgan
             sotuvchiga  to‘lashga  tayyor  bo‘lgan  mablag‘larning  hajmi  kabi
             aniqlanadi.  Ayirboshlash  faqatgina  mustaqil  shaxslar  o‘rtasida  va

             tijorat maqsadlarida amalga oshiriladi.
                Bozor  segmenti  – muayyan tovar bozorining bir bo‘lagi bo‘lib,
             unda xaridorlarning muayyan guruhi mahsulotning muayyan ko‘ri-
             nishlariga mo‘ljal oladilar. Bozorni segmentlash xaridorlar talabi-

                                                  726
   722   723   724   725   726   727   728   729   730   731   732