Page 732 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 732
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
borasidagi nazariyasiga ko‘ra, innovatsiyalarning diffuziyasi
– novator ning ortidan yuqori foyda olish ilinjida yangiliklarni
amaliyotga joriy etuv chi imitatorlar sonining kumulyativ ko‘payish
jarayoni bo‘lib hi soblanadi.
Donorlar – O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga,
faoliya ti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan
yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda mablag‘lar ajratadigan
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat
tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan
xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari.
Dotatsiya – budjet tizimi budjetlariga ularning o‘z daromadlari
yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni
qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan
bog‘liq hozirgi zamon muammolari.
Globallashuv – xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy
munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bog‘langan milliy iqtisodiyot-
lar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini
o‘zgartirish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
G‘aznachilik – davlat budjetining ijrosini amalga oshiruvchi
maxsus vakolatli moliyaviy organ.
E-biznes – jismoniy muhitda emas, aksincha kompyuter tarmoq-
larida raqamli muhitda amalga oshiriluvchi har qanday biznes turi.
E-tijorat – elektron shaklda amalga oshiriluvchi tranzaksiya yoki
faoliyat natijalarini ayriboshlash.
Emitent – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular
yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari
bo‘lgan yuridik shaxs.
Erkin iqtisodiy hudud – bu maʼlum hududda chet el investitsiya-
lari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan
hududdir.
Erkin ishlatiladigan valyuta – to‘lov balansining joriy operat-
731