Page 736 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 736
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Innovatsion jarayon – ilmiy bilimlarni (g‘oyalarni) innovatsiyaga
(yakuniy mahsulotga) aylanishi va uning keyinchalik tarqalish
(diffuziya) jarayonidir.
Innovatsion faoliyat – innovatsiyani amalga oshirishga olib
keladigan yoki shu maqsad bilan ko‘zlab qilingan barcha ilmiy,
texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing harakatlardir.
Innovatsion faoliyat shuningdek qandaydir aniq innovatsiyani
tayyorlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan tadqiqotlar va
ishlanmalarni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish – yangi turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish, tadqiq
etish va tashkil qilish, ishlanmalar va tashkiliy jarayonlarni, yangi
turdagi texnika va texnologiyalarni, ish va xizmatlarni, shuningdek,
boshqaruvning yangi shakl va uslublarini yaratish va joriy etishga
yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanishdir.
Intellektual mulk – intellektual faoliyatning aniq bir natijasi
sifatida maydonga chiquvchi, yaʼni ishlab chiqarish, ilmiy, adabiyot
va sanʼat sohalaridagi maʼlum bir obyektlarga bo‘lgan huquqni ifoda
etadi. Intellektual mulk insonning ijodiy faoliyati na tijasida yaratilgan
adabiy, badiiy, sanʼat asarlari va sanoat namunasidir. Intellektual mulk
ijodiy faoliyat, o‘z navbatida, inson tafakkuri mahsuli hisoblanadi. Shu
bois intellektual faoliyat ishtirokchilari – mualliflar fuqarolik-huquqiy
munosabatlarning eng faol subyektlaridir. Mamlakatimiz qonunchiligiga
binoan, intellektual faoliyat natijalari va ularga tenglashtirilgan,
ayni paytda huquqiy himoya taʼmin etiluvchi tovarlar, xizmatlar,
shaxsiylashtirish vositalari kabilar intellektual mulk sifatida tushuniladi.
Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini
va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy
neʼmatlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan
investitsiyalar kiradi.
Investitsion muhit – muayyan mamlakatga (yoki hududga)
investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini
belgilaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy va boshqa shart-
sharoitlar mavjudligining ijobiy yoki salbiy tomonlarini anglatadi.
735