Page 738 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 738
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Inflyatsiya – tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi natijasida
muomalada ortiqcha pul massasini paydo bo‘lishi va shuning asosida
pulning qadrsizlanishi.
Iqtisodiy samara – qo‘yilgan kapitalning investitsiyalash
natijasida olingan natijasi bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik esa olingan
iqtisodiy samara yoki investitsiya natijasida olingan foyda bilan
investitsiya miqdori o‘rtasidagi munosabatni bildiradi
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni maʼnaviy jihatdan
yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi
chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon.
Ilmiy kadrlar – tegishli oliy maʼlumotga ega bo‘lgan bo‘lib, mala-
kaviy talablarga javob bergan va ilmiy-tadqiqot muassasa (tuzilma)
lari yoki ularga tenglashtirilgan muassasalarda asosiy mehnat fao-
liyati sifatida ilmiy (ilmiy-tashkiliy) lavozimlarda faoliyat olib
borayotgan mutaxassislar tarkibi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy
neʼmatlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa
tarmoqlarini oladi.
Iqtisodiy o‘sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining
yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning
o‘sishi.
Isteʼmol savatchasi – o‘rtacha bir kishi (yoki bir oila) bir oyda
(bir yilda) isteʼmol qiladigan tovarlarning hisob-kitob uchun olingan
miqdori va tarkibi tushuniladi.
Ish bilan taʼminlanish – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid
kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan
faoliyatidir.
Ish haqi – ishchi kuchi bahosining pul ifodasidagi aniq shakli hi-
soblanadi. Shuningdek, ish haqi ishchilar o‘rtasida sarflangan mehnat
miqdori va sifatiga qo‘yilgan haqiqiy hissaga muvofiq taqsimlanadigan
hamda korxona ishining pirovard natijalari foydaning asosiy qismidir.
737