Page 741 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 741

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             (usullari)ni ishlab chiqishni va joriy etishni o‘z ichiga oladi. Ushbu
             turdagi innovatsiyalar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning
             yangi usullari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarning
             natijalari, yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan foydalanishga
             asoslangan bo‘lishi mumkin.

                Jamoa – bu maʼlum bir aniq natijaga erishi borasida javobgarlik va
             jarayonni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni o‘zaro
             taqsimlovchi shaxslar guruhidir. Jamoa aʼzolari ish faoliyatida o‘zaro
             bog‘liq  hisoblanadilar,  yaʼni  ular  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish
             borasida jamoaning boshqa aʼzolarining mehnatiga ehtiyoj sezadilar.
                Jahon  iqtisodiyotining  baynalminallashuvi  —  bu  xalqaro
             mehnat taqsimotiga asoslangan milliy iqtisodiyotlarning bir-biri
             bilan bog‘liqligi va o‘zaro to‘ldiranchuvligidir.
                Korxona  (firma)ning  iqtisodiy  xavfsizligi  –  maʼmuriyat  va

             personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy-
             iqtisodiy va injener – texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga
             keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi
             xavf-xatarlardan himoyalanganlik holati.
                Kapital  investitsiyalarga  asosiy  fondlarni  vujudga  keltirish  va
             takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, moderni-
             zatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihoz-

             lashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini
             rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
                Kapital bozori,  fond  bozori  –  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larini
             to‘plash, ularni  ssuda kapitaliga  aylantirish, so‘ngra uni ishlab
             chiqarish      jarayonlari     ishtirokchilari      o‘rtasida     taqsimlash
             munosabatlari; qimmatli qog‘ozlar, korxonalarning aksiyalari hamda
             davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi.
                Kouching – shaxsda aniq bir boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakl-
             lantirish maqsadida uni o‘qitish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish usuli.

                Korrupsiya – (lotincha corruptio) so‘zidan olingan bo‘lib, buzilish
             degan maʼnoni anglatadi. Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi
             hodisa va xufiyona iqtisodiyotning ko‘rinishidir.
                Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  – korrupsiyaga oid holatlarni

                                                  740
   736   737   738   739   740   741   742   743   744   745   746