Page 744 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 744
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
joylashtirish, narx belgilash, bozorga chiqarish) agarda u firma
tomonidan birinchi marta ishlatilayotgan bo‘lsa.
Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga
layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta
yoshdagi ishlayotgan shaxslar.
Moliyaviy derivativlar – bu moliyaviy vositalar bo‘lib, bunda ular
maʼlum bir moliyaviy vositalarga, ko‘rsatkichlarga yoki xomashyo
tovarlariga bog‘lanadi hamda ular orqali maxsus moliyaviy risklar
sotilishi yoki sotib olinishi mumkin. Moliyaviy derivativlar bo‘yicha
tranzaksiyalar svop, opsion, kafolat, depozit va boshqalar bo‘yicha
tranzaksiyalarni o‘z ichiga oladi hamda sof asosda baholanadi.
Monitoring – tizim yoki obyekt holatini kuzatish, baholash,
bashorat qilish, uning faoliyatini nazorat qilish.
Motivatsiya – insonni aniq maqsadlarga erishish va o‘z ehtiyoj-
larini qondirish uchun harakatga undovchi amaldagi ichki va tashqi
kuchlar majmui.
Muhandislik (injiniring) – oldindan olib boriladigan tadqiqotni
amalga oshirish bo‘yicha majmuiy ish, texnik-iqtisodiy asoslarni
tayyorlash, loyiha hujjatlarini yig‘ish, ishlab chiqarish va boshqa rishni
tashkil etish, texnologiyani ishga solish hamda tayyor mahsulotlarni
sotish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faoliyatining manbai,
sababi, dalili va xar xil ehtimollaridir.U xodimlarni jonli mehnat
faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
Multimilliy korporatsiya- bu o‘zining bosh kompaniyasi ro‘y-
xatdan o‘tkazilgan mamlakatdan tashqarida sotishlar va turli
operatsiyalar hisobiga o‘z daromadlarining 25 foizdan ko‘prog‘ini
oladigan tashkilot.
Maxsus loyihalashtirish kompaniyasi – tender g‘olibi,
zaxiradagi g‘olib, xususiy tashabbuskor yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muzokaralar ishtirokchisi tomonidan faqat davlat-xususiy
sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan
o‘tkazilgan yuridik shaxs.
743