Page 739 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 739
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Iqtisodiy integratsiya – qo‘shni va xorijiy davlatlarning mikro va
makro darajadagi barqaror iqtisodiy aloqalar asosida yagona xo‘jalik
yuritish majmuiga o‘zaro qorishib ketishi, jipslashishi.
Ixtiro – bu turli sohalardagi mahsulotga (xususan, qurilma, modda,
mikroorganizm shtamplari, o‘simlik va hayvonlar hujayralariga)
yoki usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyektlar ustidan
harakatni amalga oshirish jarayoniga) tegishli texnik yechim.
Ijro – asarni (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini), fonogrammani,
ijroni, sahna asarini o‘yin, ifodali o‘qish, kuylash, raqsga tushish
orqali jonli ijro yoki texnika vositalari yordamida taqdim etish.
Ijrochi – aktyor, xonanda, sozanda, raqqos yoki rol o‘ynaydigan,
kuylaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, raqsga tushadigan,
talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki
sanʼat asarini (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini) o‘zgacha tarzda
ijro etadigan boshqa jismoniy shaxs, shuningdek spektaklning
sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor.
Investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish
uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga
qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui.
Investitsiya majburiyati – belgilangan maqsadlarga erishish
uchun investor tomonidan qabul qilinadigan majburiyat.
Investitsiya siyosati – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida
va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini
va tuzilmasini taʼminlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining
investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor
tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshi-
rishga doir o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmui.
Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati subyektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi – investitsiyalarning
amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki
investor ning topshirig‘i asosida taʼminlaydigan investitsiya
faoliyati subyekti.
Investitsiya shartnomasi – investitsiya faoliyati subyektlari
738