Page 737 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 737

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Investor  – o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan
             mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek
             intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektla riga
             investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
                Innovatsiya  investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan

             tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni),  ishlab  chiqarish  jarayonini,
             tadbirkor lik  faoliyatini  yuritishda  yangi  marketing  uslubini  yoki
             tashkiliy  us lubni  ishlab  chiqish  va  o‘zlashtirishga  kiritiladigan
             investitsiyalar kiradi.
                Investitsiya  siyosati  –  davlat  moliyaviy  siyosatining  ajralmas
             qismi  bo‘lib,  ichki  va  tashqi  investitsiya  resurslarini  jalb  qilish,
             taqsimlash  va  samarali  ishlatish  bo‘yicha  chora-tadbirlarining
             yig‘indisi hisoblanadi.
                Innovatsion infratuzilma – innovatsion faoliyatni moddiy-texnik,

             moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan
             taʼminlaydigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mulkchilikning
             istalgan shaklidagi ular birlashmalarining majmui.
                Innovatsion loyiha – yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish
             muddatlarini,  ijrochilarni,  moliyalashtirish  manbalarini  va  tegishli
             infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui.
                Innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi – O‘zbekis-

             ton Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida
             taqiqlanmagan  boshqa  manbalar  hisobiga  innovatsion loyihani
             bajarish uchun topshiriq.
                Innovatsiyalarning hayotiylik sikli – innovatorda yangi g‘oya-
             ning  paydo  bo‘lishidan  uni  o‘zlashtirish  va  isteʼmolchi  tomonidan
             g‘oya mahsulidan foydalanishgacha bo‘lgan davr.
                Ichki tahdidlar – mamlakat ichida vujudga keladigan tahdidlar.
                Iqtisodiy  xavfsizlikni  taʼminlash  taktikasi  – tadbirkorlik
             subyektlarining  iqtisodiy  xavfsizligini  taʼminlash  borasida  aniq  bir

             chora-tadbirlarni qo‘llash.
                Iqtisodiy  xavfsizlik  strategiyasi  – uzoq muddatli istiqbolda
             tadbirkorlik  faoliyati  iqtisodiy  xavfsizligini  taʼminlash  borasidagi
             maq sad va vazifalar yig‘indisi.

                                                  736
   732   733   734   735   736   737   738   739   740   741   742