Page 733 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 733
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
siyalar bo‘limida valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan mamlakatlarning
milliy valyutalari.
Eksport – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar,
texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.
Eksport salohiyati – milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida
raqobatdosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularni
jahon narxlari bo‘yicha yetarli hajmlarda eksport qilish qobiliyati.
Ekologik xavfsiz muhit – inson hayoti va salomatligiga salbiy
taʼsir etuvchi zararliklardan xoli bo‘lgan hudud (kenglik).
Efirga uzatish – asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini radio
yoki televidenie, shu jumladan sunʼiy yo‘ldoshlar (kabel televideniesi
bundan mustasno) orqali uzatish vositasida barchaning eʼtibori
uchun yuborish. Asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini sunʼiy
yo‘ldosh orqali efirga uzatish deganda signallarni erdagi stansiyadan
sunʼiy yo‘ldoshga qabul qilish va sunʼiy yo‘ldoshdan signallarni
uzatish tushuniladi, ular vositasida asar yoki turdosh huquqlar obyekt-
lari, ularni omma amalda qabul qilishidan qatʼi nazar, barchaning
eʼtiboriga yetkazilishi mumkin.
Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilot – efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish uchun tashabbus
va masʼuliyatni o‘z zimmasiga olgan hamda ularni belgilangan
tartibda amalga oshiruvchi shaxs.
Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilotning ko‘rsatuvi yoki eshittirishi – efir yoki kabel orqali
ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning o‘zi tomonidan,
shuningdek uning buyurtmasi bo‘yicha va uning mablag‘lari hisobiga
boshqa tashkilot tomonidan yaratilgan ko‘rsatuv yoki eshittirish.
Elektron do‘kon – davlat xaridlarining elektron tizimidagi maxsus
maydonda savdolarni elektron shaklda amalga oshirishni nazarda
tutuvchi, maxsus talablar qo‘yilmaydigan tovarlarning (ishlarning,
xiz matlarning) davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli.
Egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar – mulkiy huquq-
larning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tkazilgan
bo‘lishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar.
732