Page 729 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 729

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             dasturiy  xiz matlarni  taqdim  etish.  Masalan,  fayllarni  saqlash,
             fayllarga ishlov berish, maʼlumotlarni tahlil qilish va hokazo. Bulutli
             servislardan  foydalanish  uchun  ko‘p  hollarda  foydalanuvchida
             internet tarmog‘i va brauzer bo‘lsa bas, baʼzida esa foydalanuvchi
             qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda qulay bo‘lishi uchun maxsus

             dastur ilovalar o‘rnatiladi.
                B2B bozor –  vositachilar  tomonidan  tashkil  etilgan  xaridor  va
             sotuvchilar uchrashadigan onlayn bozor.
                Budjet  ssudalari  – yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarish
             sharti bilan yoki respublika budjetidan yuridik shaxs-rezidentga yoki
             xorijiy davlatga ajratiladigan mablag‘.
                Budjet  subvensiyalari  – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
             tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan
             quyi budjetga ajratiladigan pul mablag‘lari.

                Benefitsiar mulkdor – pirovardida mulk huquqlariga egalik qila-
             digan  yoki  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  yetkazib  beruvchini  amalda
             nazorat qiladigan jismoniy shaxs.
                Boshqaruv  personali  –  idora  qilish  funksiyalarini  amalga
             oshiradigan,  personalni  boshqaradigan,  zaruriy  qarorlarni  ishlab
             chiqish va qabul qilish, korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati
             jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va tartibga solish, tegishli

             qarorlarni  qabul  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  axborotni  tayyorlash
             bilan shug‘ullanuvchi xodimlar.
                Davlat qarzi – davlatning to‘lanmagan zayomlar va ularning be-
             rilmagan foizlarini aks ettirgan barcha qarzlarining umumiy summasi.
             Davlat qarzi ikki xil bo‘ladi: ichki va tashqi qarz.
                Davlat suvereniteti – davlatning boshqa davlatdan, uning ichki
             va tashqi ishlari hamda tashqi munosabatlarida to‘la mustaqilligi.
             Suverenitet davlat hokimiyatining muhim belgisi sanaladi.
                Depozit  sertifikati  (omonat  sertifikati)  –  omonat banki yoki

             boshqa kredit muassasasining pul omonatga qo‘yilganligini
             tasdiqlovchi hujjati.
                Devalvatsiya – milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qadr-
             sizlanishi.

                                                  728
   724   725   726   727   728   729   730   731   732   733   734