Page 728 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 728

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ning  qondirilish  darajasi  bilan  bozordagi  joriy  taklifni  taqqoslash
          asnosida bozor ulushini, yaʼni bozordagi to‘ldirilmagan bo‘sh joylarni
          aniqlashga imkon beradi.
            Balans  hisoboti  –  tashkilotning  maʼlum  bir  vaqtdagi  aktiv  va
          passivlarining o‘lchami va tarkibini aks ettiruvchi moliyaviy hujjat.

            Benchmarking – mehnat usullarini takomillashtirish maqsadida
          turli  faoliyat  sohalarida  kompaniyaning  erishgan  natijalarini
          raqobatchi kompaniyalarning erishgan natijalari bilan solishtirishning
          uzluksiz jarayoni.
            Biznes-reja  – tadbirkor tomonidan to ish  boshlangunga qadar
          tuziluvchi  va  unda  yangidan  tashkil  etilayotgan  korxona  faoliyati-
          ning barcha jihatlari to‘liq aks ettiriluvchi hujjat.
            Boshqaruv  funksiyalari  –  bu  boshqaruv  faoliyatida  bajarilgan
          ishlarning mazmunan bir turda bo‘lishi va ularning maqsadli
          yo‘naltirilishi alomati bo‘yicha ajratiladigan ixtisoslashgan turlari.

            Biznes –  inglizcha  so‘z  bo‘lib,  bu  atamaning  ortida –  ish,  yaʼni
          biror  bir  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  yoki  korxona  tashkil  qilish
          jamiyat (isteʼmolchilar) uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni yaratish,
          ishlab ishlab chiqarish yoki sotish, hamda ushbu faoliyat natijasida
          daromad olish maʼnosini anglatadi.
            Blokchain  – bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab

          kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi maʼlumotlar bazasi.
            Bitcoin  (inglizcha  bit – “bit” –  coin – “tanga”) –  o‘tkazmalarni
          va  operatsiyalarni  hisobga  olishda  qo‘llaniluvchi  birlik.  Tomonlar
          o‘rtasidagi elektron to‘lov vositachilarsiz amalga oshiriladi va u ortga
          qayt maydi. Bitcoinning yaratuvchisi yaponiyalik Satoshi Nakamoto
          hisoblanadi. Maʼlumotlarga ko‘ra bugungi kunda dunyoda bitkoindan
          tashqari yana 1514 turdagi kriptovalyutalar mavjud. (ETHEREUM,
          RIPPLE, DASH, LITECOIN, NEO).
            Bulutli  texnologiyalar  (ingliz  tilida  cloud  services,  cloud

          technologies) –  hozirgi kunda keng qamrovli atama bo‘lib, uning
          asosiy mazmuni  – biror-bir dastur yoki dasturlar majmuasini
          foydalanuvchi  qurilmasida  emas,  balki  internet  tarmog‘i  orqali
          xizmat  ko‘rsa tuvchi  qurilmasida  ishlatgan  holda  maʼlum  turdagi

                                               727
   723   724   725   726   727   728   729   730   731   732   733