Page 731 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 731

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             qilish)  va  (yoki)  ushbu  obyektga  xizmat  ko‘rsatish  davrida  undan
             erkin foydalanilishini taʼminlaganlik uchun xususiy sherikka davlat
             sherigi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar.
                Davlat  sherigi  –  O‘zbekiston  Respublikasi  va  (yoki)  davlat
             boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari,

             shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
             vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari.
                Diskont  siyosati  – mamlakat to‘lov balansi va valyuta kursiga
             taʼsir etish maqsadida Markaziy bankning diskont stavkasini o‘zgarti-
             rish siyosati.
                Diversifikatsiya  (lotincha  diversus  – har xil,  facere –  qilmoq,
             bajarmoq) – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot
             va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va
             korxonalar  faoliyat  sohalarini  kengaytirish,  mahsulot  va  xizmatlar

             assortimentlarini  ko‘paytirish.  Diversifikatsiya  jarayoni  iqtisodiyot
             tarmoqlarida olib borilayotgan modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar
             bilan bevosita uyg‘unlashgan.
                Diversifikatsiya  strategiyasi  –  korxona  faoliyatini  mavjud
             mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish
             strategiyasi.  Diversifikatsiya  strategiyasi  korxonalarning  ishlab
             chiqarish  va  tijorat  faoliyatini  rivojlantirishning  eng  yetakchi

             zamonaviy tendensiyalaridan biri hisoblanib, u orqali korxonalarning
             bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo‘lgan
             raqobatdoshligini       oshiradi.     Diversifikatsiya      strategiyasi     –
             korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo‘shma
             korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli
             uslublarda amalga oshirilishi mumkin.
                Delfi usuli – bu ekspert baholash usuli bo‘lib, uning mohiyati bir
             qator ketma –ket harakatlar – so‘rovlar, intervyular, aqliy hujumlar
             orqali to‘g‘ri yechimni aniqlash borasida eng yuqori darajada muro-

             saga erishishda namoyon bo‘ladi.
                Diffuziya  –  bu  qachonlardir  o‘zlashtirilgan  va  foydalanilgan
             innovatsiyalardan  yangicha  sharoitda  yoki  yangi  qo‘llash  joylarida
             foydalanilishi  va  yoyilishidir.  Y.  Shumpeterning  innovatsiyalar

                                                  730
   726   727   728   729   730   731   732   733   734   735   736