Page 735 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 735

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             imkoniyatlarni  boshqarish  sohasidagi  chora-tadbirlar  yordamida
             hukumat tomonidan tadbirkorlik faolligini tartibga solish.
                Globallashuv  –  iqtisodiy  taraqqiyotning  industrial  bosqichidan
             post industrial  bosqichiga  o‘tish  davrining  mahsuli  bo‘lib,  jahon
             hamjamiyatining  bugungi  kundagi  taraqqiyoti  bosqichini  ifodalovchi

             jarayon.
                Global  moliyaviy-iqtisodiy  bozor  – jahon mamlakatlari
             o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo‘jalik tarzida
             amal qi lishga asoslangan munosabatlar.
                Grantlar – bu belgilangan muddatlarda muayyan aniq maqsadlarga
             erishilishini taʼminlash uchun qaytarilmaslik sharti bilan ajrati luvchi
             mablag‘lardir.
                Harakat strategiyasi – davlatning maʼlum muddatga yoki uzoq
             yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi.

                Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiyotning
             barqaror  iqtisodiy  o‘sish  taʼminlangan,  ijtimoiy  ehtiyojlar  optimal
             darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy
             va  xalqaro  darajalarda  iqtisodiy  manfaatlarning  himoyalangandagi
             holatini ifodalaydi.
                Ilmiy  park  –  sanoat  korxonalari  va  universitetlar  o‘rtasidagi
             hamkorlikning yangi shakli.

                Iqtisodiy  birlik  –  iqtisodiy  manfaatlari  markazi  mamlakatning
             iqtisodiy hududida bo‘lganda hamda bir yildan ortiq muddat
             davomida  mamlakat  hududida  joylashganda  fuqaroligidan  qatʼiy
             nazar rezidentdir.
                Innovatsiya – bu qandaydir yangi yoki sezilarli darajada yaxshi-
             langan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayonni, marketingning yangi
             uslubini ish amaliyotida, ish joylarini tashkil qilishda yoki tashqi
             aloqalarda yangi tashkiliy uslubni isteʼmolga kiritishdir.
                Innovatsion loyiha – bu resurslar, muddatlar va ijrochilar bo‘yicha

             o‘zaro bir-birini asoslaydigan hamda o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan,
             ilm-fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarida muayyan
             maqsadlar  (vazifalar)ga  erishishga  qaratilgan  jarayonlarning
             murakkab tizimidir.

                                                  734
   730   731   732   733   734   735   736   737   738   739   740