Page 734 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 734

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Franchayzing – o‘zaro bitim asosidagi tijorat faoliyati bo‘lib, unga
          ko‘ra tovar va xizmatlarning egasi maʼlum bir shartlar asosida boshqa
          shaxslarga mazkur tovar va xizmatlarni tarqatish huquqini taqdim
          etadi.
            Foydalanganlik uchun to‘lov - tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)

          isteʼmol qiluvchilardan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga
          muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida
          xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlar.
            Funksional  menejer  –  tashkilot  faoliyati  uchun  zarur  bo‘lgan
          funksiyalardan birini bajaruvchi bo‘lim ishi uchun javobgar bo‘lgan
          menejer.
            Funksional  tuzilma  – bunday  tashkiliy  tuzilmada bo‘limlarga
          lavozimlarni birlashtirish qobiliyat, tajriba va resurslardan foydala-
          nishning o‘xshashligi asosida amalga oshiriladi.

            Foydali  model –  bu  moslamaga  taalluqli  texnik  yechim.  Ishlab
          chiqarish  vositalarining  konstruktiv  bajarilishi  va  isteʼmol  qilish
          predmetlari hamda ularning tarkibiy qismi foydali modellarga kiradi.
            Fonogramma – biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday
          mutlaqo ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv
          bundan mustasno.
            Fonogramma  nusxasi  – har qanday moddiy jismdagi,

          fonogrammadan  bevosita  yoki  bilvosita  tayyorlangan  va  shu
          fonogrammada  qayd  etilgan  ovozlarning  hammasini  yoxud  bir
          qismini qamrab olgan fonogramma ko‘chirmasi.
            Fonogrammani tayyorlovchi – ijroning yoki boshqa ovozlarning
          birinchi ovozli yozuvi uchun tashabbus va masʼuliyatni o‘z zimmasiga
          olgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
            Fond  birjasi  – ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan
          belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o‘rnatilgan qoidalar asosida
          tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi

          uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs.
            Fiskal siyosat – 1) hukumat tomonidan qo‘yilgan makroiqtisodiy
          maqsadlarga erishish uchun hukumatning xarajat va soliq funksiya-
          larini ongli ravishda qo‘llash; 2) budjet, soliq va boshqa moliyaviy

                                               733
   729   730   731   732   733   734   735   736   737   738   739