Page 742 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 742

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          aniqlash, ularga barham berish, shuningdek korrupsion jinoyatlar-
          ning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-
          sharoitlarni  aniqlash,  bartaraf  etish  maqsadida  chora-tadbirlar
          amalga oshirish.
            Kriptovalyuta – raqamli valyutaning bir ko‘rinishi bo‘lib, uning

          yaratilishi va nazorat qilinishi kriptografik usullar yordamida amalga
          oshiriladi.
            Konsessiya – davlat-xususiy sheriklikning shakllaridan biri bo‘lib,
          bunda davlat xususiy sherikka konsessiya shartnomasida nazarda
          tutilgan xo‘jalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun
          ruxsatnoma bergan holda mol-mulkni va yer uchastkalarini taqdim
          etadi.
            Kabel orqali yuborish – asarlarni yoki turdosh huquqlar obyekt-
          larini kabel, sim yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida barcha-

          ning eʼtibori uchun yuborish.
            Korporativ obligatsiyalar – aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati
          cheklangan  va  qo‘shimcha  masʼuliyatli  jamiyatlar  tomonidan
          chiqariladigan obligatsiyalar.
            Kliring  –  qimmatli  qog‘ozlar  savdosining  tashkilotchilari
          tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar
          bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga

          olish.
            Litsenziya (lotincha “licentia” – ruxsat, huquq) – bu intellektual
          mulk obyektiga mutlaq huquqqa (ixtiro, foydali model yoki sanoat
          namunasi uchun patent) ega bo‘lgan biror bir yuridik yoki jismoniy
          shaxs  (litsenziar)  ning  qonun  yo‘li  bilan  muhofaza  qilinuvchi
          intellektual mulk obyektini boshqa bir shaxs (litsenziat)ga maʼlum
          bir shartlar asosida foydalanish huquqini beruvchi huquqiy hujjatdir.
            Listing  –  qimmatli  qog‘ozlarni  fond  birjasida  savdoga  qo‘yish
          qoidalari.

            Milliy xavfsizlik – manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli
          sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, maʼnaviy, umum-
          insoniy  qadriyatlardan  bahramand  bo‘lish  va  farovonlikka  in ti lish
          to‘g‘risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi.

                                               741
   737   738   739   740   741   742   743   744   745   746   747