Page 745 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 745
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Manzarali-amaliy sanʼat asari – asl nusxalari yoki nusxalari
amalda foydalanish ashyolari sifatida qo‘llaniladigan yoki ana
shunday ashyolarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli
sanʼat asari, shu jumladan badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat
usulida tayyorlangan asar.
Maʼlumotlar bazasi – obyektiv shaklda ifodalangan va elektron
hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi)
yordamida topish hamda ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda
bir tizimga solingan maʼlumotlar (maqolalar, hisob-kitoblar va shu
kabilar) majmui.
Muallif – ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs.
Mahsulotlarning fan sig‘imkorligi – bu ilmiy-tadqiqot va taj-
riba-konstruktorlik xarajatlarining mahsulot tannarxidagi ulushini
aniqlash orqali miqdoriy baho beruvchi ko‘rsatkich.
Mahalliy investorlar – investitsiya faoliyatini amalga oshiruv-
chi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi
rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari.
Mahalliy budjet — davlat budjetining tegishli viloyat, tuman,
shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi
bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Moliyaviy institutlar – investorlar bilan omonatchilar o‘rtasida
faoliyatning o‘zlari mashg‘ul bo‘lgan turidan foyda oluvchi
vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan subyektlardir (banklar,
pensiya va investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, tovar, xom-
ashyo va fond birjalari).
Moliya yili — 12 oydan tashkil topgan hisobot davri bo‘lib, uning
yakunida buxgalteriya kitoblari yopiladi va daromadlar va xarajatlar
hisobga olinadi. Moliya yili kalendar yil bilan mos bo‘lmasligi mumkin.
Minoritar aksiyadorlar — aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ishtirok etishi va ovoz berishi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar
744