Page 750 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 750

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Rentabellik–korxonaning            muhim       iqtisodiy     samaradorlik
          ko‘rsatkichlaridan biri. Olingan foydani asosiy va aylanma vositalarga
          qo‘yilmaning hajmi bilan solishtirish o‘lchami aniqlanadi.
            Real  investitsiyalar  –  asosiy kapitalga, nomoddiy aktivlarga
          hamda joriy aktivlarning qo‘shimcha o‘sishiga qo‘yilmalar.

            Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyati-
          dan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni
          shu korxonaga qayta kiritish.
            Renovatsiya – eskirgan ko‘p qavatli uylarni (tarkibiy tuzilmani)
          yangilash, qayta tiklash yoki buzmasdan taʼmirlash jarayoni.
            Rasmiy  iqtisodiyot  – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va
          nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot.
            Raqamli  iqtisodiyot  –  raqamli  makonda  o‘z  faoliyatini  amalga
          oshiruvchi raqamli obyektlar o‘rtasidagi raqamli munosabatlarning

          yig‘indisi;  ishlab  chiqarish,  davlat  va  boshqaruv  jarayonlariga
          raqam li axborot texnologiyalarini doimiy joriy etib borish asosida
          shakllangan iqtisodiy faoliyat.
            Reprografik takrorlash – fotoko‘chirmasini olish yo‘li bilan yoki
          boshqa texnika vositalari yordamida yozma va boshqa asarlarning asl
          nusxalarini yoki ularning ko‘chirmalarini bir yoki undan ko‘p nusxada,
          har qanday o‘lchamda va shaklda faksimil takrorlash, tasviriy sanʼat

          asarlari  reproduksiyalarini  bosmaxona  usullaridan  foydalangan
          holda  tayyorlash  hollari  bundan  mustasno.  Reprografik  takrorlash
          mazkur  ko‘chirmalarni  raqamli  shaklda  saqlash  yoki  ko‘paytirishni
          o‘z  ichiga  olmaydi,  reprografik  takrorlash  uchun  foydalaniladigan
          texnika vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq muvaqqat
          ko‘chirma nusxalar yaratish hollari bundan mustasno.
            Retranslyatsiya – efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish
          beruvchi  bir  tashkilotning  ko‘rsatuv  yoki  eshittirishini  efir  yoki
          kabel  orqali  ko‘rsatuv  yoxud  eshittirish  beruvchi  boshqa  tashkilot

          tomonidan bir vaqtda efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish.
            Siyosiy barqarorlik – maʼlum bir davlat yoki mintaqada tinchlikni
          taʼminlashga qaratilgan izchil siyosat.
            Soliqlar  –  majburiylik,  o‘zgaruvchanlik  va  ekvivalentsizlik

                                               749
   745   746   747   748   749   750   751   752   753   754   755