Page 752 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 752
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
yetkazilgan zarar xamda talafotlarni jismoniy va huquqiy shaxslar
to‘lagan sug‘urta badallaridan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan
to‘liq va qisman qoplash orqali jismoniy va huquqiy shaxslar manfaatlari
sug‘urtalashni taʼminlashga doir munosabatlar demakdir.
Subsidiya – bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish
uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘idir.
Sanoat namunalari – bu sanoat yoki hunarmandlik buyumlari-
ning tashqi ko‘rinishini belgilovchi badiiy-konstruktorlik yechimidir.
Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang
holatdan chiqarib, ularning bir meʼyorida ishlab turishini taʼminlash
hamda korxonalarning ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan,
raqobatchi korxonalar sonini kerakli miqdorda saqlab turish
maqsadlarida amalga oshiriladi.
Seleksiya yutuqlari – ijodiy mehnat orqali o‘simlikning yangi navi
yoki hayvonlarning yangi turini yaratish (aniqlash) kabi insonning
aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatining natijasidir.
Smeta – maqsadga yo‘naltirilganligi nuqtai nazaridan pul
mablag‘larining tashkil topishi va sarflanishi haqidagi axborotni
o‘zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy hujjat.
Tashkiliy innovatsiya – bu firmaning ish amaliyotiga yangi
tashkiliy uslubni joriy etish.
Texnologik innovatsiyalar – bu yangi mahsulot va jarayonlarni
ishlab chiqarish va joriy etish, shuningdek mahsulot va jarayonlarni
sezilarli takomillashtirish; texnologik jihatdan yangi yoki sezilarli
takomillashtirilgan xizmatlar, yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan
xizmatlarni ishlab chiqarish (ko‘rsatish) usullarini ishlab chiqarish
va joriy etish.
Texnopark – tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni amalga oshi-
rish maqsadida birgalikda zamonaviy texnologik va tashkiliy muhitni
yaratishni maqsad qilgan davlat va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari bilan bu borada o‘zaro hamkorlik qiluvchi korxonalar,
tadbirkorlar, moliyaviy institutlar, fan va taʼlim sohasida faoliyat
ko‘rsatuvchi tijorat va notijorat taʼlim muassasalarining hududiy
integratsiyalashuvining amaldagi ko‘rinishi.
751