Page 755 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 755
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Valyuta intervensiya – Markaziy bank tomonidan milliy valyu-
taning favqulodda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham
berish maqsadida xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi. Odatda,
bitta xorijiy valyuta intervensiya vositasi hisoblanadi. O‘zbekistonda
AQSh dollari valyuta intervensiyasi vositasi hisoblanadi.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat
valyutasida ifodalangan bahosidir.
Valyuta siyosati – valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartib-
ga solish tadbirlarining yig‘indisi.
Venchur jamoa – tashkilotning muhim innovatsion loyihalarni
rivojlantirish uchun masʼul bo‘lgan alohida tarkibiy tuzilmasi.
Venchur kapitalistlar – faoliyatini yangidan boshlayotgan yoki
o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonalarning aktivlariga mulk
huquqini qo‘lga kiritish yoki foyda olish maqsadida ularga investitsiya
kirituvchi kompaniyalar yoki alohida shaxslar.
Venchur fondlar – yangi g‘oyalar, yangi mahsulotlar yoki yangi
faoliyat yo‘nalishlarini pul mablag‘lari bilan taʼminlashni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan fond.
Xavfsizlik – shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarini uyg‘unlashtiruv-
chi, barqarorlik, tinchlik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik omillarining
majmuini ifoda etuvchi tushuncha.
Xususiy sherik – O‘zbekiston Respublikasining yoki chet
davlatning qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat
sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan
yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning
birlashmasi.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – har bir davlat, yaʼni dunyo
hamjamiyati aʼzosining o‘z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining
taʼminlangandagi holati.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) – birlashgan millatlar
tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi bo‘lib, aʼzo-davlatlar
valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va to‘lov balansidagi
defitsit tufayli yuzaga keladigan valyuta qiyinchiliklarini xorijiy
754