Page 758 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 758
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yoshlar tadbirkorligi – yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh
fuqarolar tomonidan, shuningdek taʼsischilari yosh fuqarolar bo‘lgan
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik fao-
liyati.
Yoshlar va bandlik – ijtimoiy yetuklikka erishish davrini boshdan
kechirayotgan o‘n besh yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy
demografik guruhlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganlik
muammosi.
Yumshoq valyuta – xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini
bajara olmaydigan, yaʼni tashqi konverterlikka ega bo‘lmagan valyu-
talar.
Yangi ishlanma – mavjud o‘xshash intellektual faoliyat natijalari-
ga nisbatan yangi belgilarga ega bo‘lgan, amalda qo‘llash mumkin
bo‘lgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy
samaraga erishishni taʼminlay oladigan intellektual faoliyat natijasi
(ishlab chiqarish, maʼmuriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi
yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim).
Yozuv – ovozlar va (yoki) tasvirlarni qayta-qayta idrok etish,
takrorlash yoki yuborish imkonini beradigan biron-bir moddiy
shaklda texnika vositalari yordamida qayd etish.
Zaxira aktivlari – tashqi aktivlar bo‘lib, mamlakatning monetar
organlari ixtiyorida bo‘ladi va ular tomonidan to‘lov balansini mo-
liya lashtirish, valyuta bozorida intervensiyani amalga oshirish va
shu bilan bog‘liq boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
O‘zak mahsulot – xaridorning shartnoma bo‘yicha olishi ko‘zda
tutilgan muayyan tip, tur va sinfga tegishli bo‘lgan mahsulot.
Shartnoma – ikki yoki undan ortiq shaxsning huquqlari va
burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi
kelishuv. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin-
dirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Taraflar
qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari
mumkin. Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va
taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Chop etish – asarning, ijro yozuvining yoki fonogrammaning
757