Page 757 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 757

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Xalq  ijodiyoti  asarlari  –  aniq  muallifi  bo‘lmagan  ertaklar,
             qo‘shiqlar, raqslar, manzarali-amaliy sanʼat asarlari hamda badiiy va
             havaskorlik xalq ijodiyotining boshqa natijalari;
                Huquq  egasi – mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning
             merosxo‘rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning meros-

             xo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv
             yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki
             Qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  asos  bo‘yicha  asarlardan  yoxud
             turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa
             yuridik yoki jismoniy shaxslar.
                Yashirin yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy
             shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo‘jalik munosabatlari yig‘indisi.
                Yaxshilovchi       innovatsiyalar        –    bazisli    innovatsiyalarni
             rivojlantirish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ko‘p sonli

             bo‘lsada, ammo yangilik darajasining sezilarli darajada kamligi
             va  qisqa  hayo tiylik  sikli  bilan  farqlanib  turadi.  Yaxshilovchi
             innovatsiyalar sezilarsiz va inqilobiy bo‘lmagan o‘zgarishlarni o‘zida
             ifoda etgani holda, avvaldan mavjud bo‘lgan bilimlar, mahsulotlar va
             texnologiyalar bilan ish ko‘radi.
                Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  (YTTB) bosh bo‘limi
             Londonda joylashgan bo‘lib, 1990-yil 29-maydagi kelishuvga asosan

             Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini bozor iqtisodiyotiga
             o‘tish  bo‘yicha  islohotlarini  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  tashkil
             etilgan xalqaro moliyaviy tashkilot.
                Yoshlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oshiri-
             ladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan  shakllantirish va ular-
             ning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol
             toptirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratilishini  nazarda  tutadigan
             ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizmi.
                Yosh  mutaxassis  –  oliy  yoki  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  taʼlimi

             muassasasini  bitirgan,  taʼlim  muassasasini  bitirganidan  so‘ng
             olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va maʼlumoti
             to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga
             uch yilda ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim.

                                                  756
   752   753   754   755   756   757   758   759   760   761   762