Page 754 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 754
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ro‘yxatdan o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki
yuridik shaxslarning birlashmasi.
Texnologiyalar transferi – yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab
chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga
qaratilgan tadbirlar majmui.
Takrorlash – asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining
yoxud ulardan bir qismining har qanday usulda va har qanday moddiy
shaklda bir yoki undan ko‘p nusxalarini tayyorlash, shu jumladan ikki
o‘lchovli asarning bir yoxud undan ko‘p nusxalarini uch o‘lchovda
hamda uch o‘lchovli asarning bir yoki undan ko‘p nusxalarini ikki
o‘lchovda tayyorlash, EHM va boshqa elektron qurilmalar xotirasiga
yozib olish.
Tender – davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-
taomili vositasida davlat xaridlarining ijrochisini aniqlash tartib-
taomi lini nazarda tutuvchi tanlov bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomani bajarishning eng yaxshi
shartlarini taklif etgan xarid qilish tartib-taomillarining ishtirokchisi
g‘olib deb topiladi.
Urbanizatsiya (frans. urbanisation, lot. urbanus – shaharga mansub,
urbs – shahar) – jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib bori shi; ishlab
chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik
tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Umumiy bozor – ishlab chiqarish omillarining milliy chegaralar
orqali erkin ko‘chib o‘tishi taʼminlanadigan iqtisodiy integratsiya
ko‘rinishi.
Valyuta – maʼlum bir davlatning qonun bilan o‘rnatilgan pul
vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning
valyutasi ko‘rinishidagi jahon rezerv pullari, Xalqaro valyuta fondi
va Yevropa valyuta tizimi aʼzolari tomonidan ko‘p tomonlama hisob-
kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari.
Valyuta birjasi – xorijiy valyutalar oldi-sotdi qilinadigan birja
bozori.
Valyuta zaxirasi – biror-bir mamlakatning xorijiy valyutalardagi
mablag‘lari.
753