Page 749 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 749

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             bog‘liq  xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  litsenziyalanadigan  yoki
             vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan
             faoliyat turi.
                Qimmatli  qog‘ozlarga  doir  bitimlar – qimmatli qog‘ozlarning
             oldi-sotdisi,  hadyasi,  merosi,  ustav  fondiga  kiritilishi  va  qimmatli

             qog‘ozlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar,
             shuningdek qimmatli qog‘ozlar garovi.
                Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – depo hisobvaraqlari
             bo‘yicha  emissiyaviy  qimmatli  qog‘ozlarni  saqlashning,  bunday
             qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning va
             emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini
             taʼminlovchi davlat depozitariysi.
                Qimmatli qog‘ozlarning muomalasi – qimmatli qog‘ozlarni sotib
             olish va sotish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan, qimmatli

             qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar.
                Rag‘batlantirish  – tashkilot oldida turgan masalani yechishda ki-
             shining urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish.
                Reyting  –  biror  narsani  biron  bir  sinfga,  razryadga  yoki  toifaga
             kirishini aniqlash, baholash.
                Reklamatsiya (shikoyat, daʼvo) – xaridorning (buyurtmachining)
             sotuvchiga (taʼminotchiga) kelishuv shartlari, standartlar va texnik

             shartlar  bo‘yicha  tovar  sifatining  javob  bermasligi  yoki  shartnoma
             bo‘yicha  majburiyatlarni  bajarmaganligi  yuzasidan  shikoyati.
             Shartnoma  bo‘yicha  reklamatsiya  qilish  uchun  tovarning  miqdori,
             sifati,  yetkazib  berish  muddati,  kafolat  davri  va  boshqalar  kabi
             reklamat siya predmetiga bog‘liq holda farqlanuvchi aniq muddatlar
             va qonun qoidalar o‘rnatiladi. Reklamatsiya ikki tomonlama mustaqil
             ravishda narxlarni pasaytirish, zararlarni qoplash, aniqlangan
             kamchilik va yetishmovchiliklarni bartaraf etish yo‘li bilan hal etilishi
             mumkin.  Reklamatsiya  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kelishmoqchiliklarni

             hal etishning iloji bo‘lmaganda reklamatsiyani ko‘rib chiqish uchun
             xo‘jalik (hakamlar) sudiga topshiriladi.
                Renta – o‘z egasidan tadbirkorlik faoliyatini talab qilmaydigan da-
             ro mad turi.

                                                  748
   744   745   746   747   748   749   750   751   752   753   754