Page 748 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 748
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Qayta tiklanadigan energiya – quyosh, shamol, suv va boshqa
manbalardan foydalanib ishlab chiqariladigan elektr quvvati.
Qo‘poruvchi innovatsiyalar – kompaniyalarda innovatsion
rivoj lanish jarayonlarining tezligi ko‘pincha, isteʼmolchilarning
tavsiya etilayotgan yangi mahsulot yoki xizmatlarni qabul qila
olishlari darajasidan ancha shiddatliroqdir kechadi. Qo‘poruvchi
innovatsiyalar mahsulot narxining qimmatligi yoki foydalanishning
qiyinligi bois, avvallari bunday mahsulotlardan foydalanish imkoniyati
mavjud bo‘lmagan isteʼmolchilarga mazkur mahsulotlardan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni
chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy
huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki
foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini
nazarda tutadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – yuridik va jismoniy shaxslarning
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi
bilan bog‘liq munosabatlari tizimi.
Qimmatldi qog‘ozlar listingi – bu qimmatli qog‘ozlarni birja
ro‘yxatiga kiritish protseduralari to‘plami (birja savdolariga qo‘yilgan
qimmatli qog‘ozlar ro‘yxati), qimmatli qog‘ozlarning birja tomonidan
belgilangan shartlar va talablarga muvofiqligini nazorat qilish.
Qimmatli qog‘ozlar portfeli – maqsadli ravishda shakllantirilgan
investitsion strategiya.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari – qimmatli qog‘oz-
larning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar,
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shu-
ningdek birjalar va qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi –
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruv-
chi yuridik shaxs.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat – qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan
747