Page 747 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 747
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
va likvidlashtirish, AJ mulkini sotish va ijaraga berishni o‘z ichiga
oladigan aksiyadorlar yig‘ilishi qarorida 3 yil muddatli taqiqlash
huquqini mulk egasiga beradi. “Oltin” aksiyalarni chiqarish haqidagi
qarorni Davlat qabul qiladi va uning egasi faqat davlat bo‘lishi
mumkin.
“Ochiq” turdagi aksiyador jamiyati – bunday jamiyat aksiyalari
ochiq bozorlarda sotiladi.
Ochiq boshqaruv – moliyaviy hujjatlar va axborotlarning
tashkilotning barcha xodimlari uchun ochiqligi.
Omma oldida ijro etish – asarlarni yoki turdosh huquqlar obyekt-
larini ijro etish yoki maʼlum qilishning har qanday boshqa shakli
vositasida, bevosita yoki texnika vositalari yordamida, omma uchun
ochiq joyda yoki ayni bir oila aʼzolari bo‘lmagan shaxslarning keng
doirasi hozir bo‘lgan joyda eshitib va (yoki) ko‘rib idrok etish uchun
yetkazish.
Patent – bu intellektual faoliyat natijalaridan foydalanishda us-
tunlik beruvchi, mualliflik huquqi va uning egasining mutlaq hu qu-
qini tasdiqlovchi hujjatdir. Patentning qiymati shundan iboratki, u
o‘z egasiga patent berilgan mamlakat chegarasida patentning amal
qilish muddati tugagunga qadar intellektual faoliyat natijalaridan
yakka o‘zi foydalanishi borasida mutlaq huquq beradi va patent
ega sining roziligisiz o‘zgalarning intellektual faoliyat natijalaridan
foydalanishini taqiqlaydi.
Pozitiv harakatlar – kamchilikni tashkil etuvchi turli guruhlar-
ning vakillariga bandlik borasida ish beruvchilardan boshqalar bilan
bir xil bo‘lgan imkoniyatlarning taqdim etilishini talab qiluvchi
siyosat.
Portfel investitsiyalar – investitsion fondlarning aksiya va paylari
hamda qarz qimmatli qog‘ozlari kabi shakllarga ega.
Prokatga berish — asarlarning asl nusxasini yoki nusxalarini
yo xud turdosh huquqlar obyektlarini daromad olish maqsadida
vaqtinchalik foydalanish uchun berish.
Qattiq valyuta – iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan
mamlakatlarning almashuv kursi barqaror bo‘lgan valyutalari.
746