Page 746 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 746
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘yicha ovoz berish natijalariga taʼsir o‘tkazmaydigan aksiyalar
egalari.
Nou-xau – ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, maʼmuriy, moliyaviy,
tijorat va shu kabi sohalardagi turli xil yangi bilim va tajribalar
yig‘indisi (majmui). Bu bilim va mahoratlar texnika sohasida odatda
chizmalar, qarorlar, tajriba natijalari, formulalar, hisob-kitoblar,
usullar, yo‘riqnomalar, texnik xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar,
kompyuter uchun dasturiy taʼminot va tijorat sohasida mijozlar
va yetkazib beruvchilar kartotekasi, sotish va ommalashtirishning
usul va shakllarini hujjatlashtirish, moliyalashtirish maʼlumotlari,
reklama usullari va xodimlarni o‘qitish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Novatorlar – ilmiy-texnik bilimlar va innovatsiyalarning yaratuv-
chilari hisoblanadilar. Bular alohida ixtirochilar yoki ilmiy-tadqiqot
muassasalari ham bo‘lishlari mumkin.
Nazorat savollari usuli – savollar yordamida masalani turli
jihatdan tahlil qilish va nostandart yechim topishga imkon beruvchi
texnika.
Oziq-ovqat xavfsizligi – davlatning mamlakat va uning minta-
qalarini oziq-ovqat bilan taʼminlash tizimida turli tabiiy ofatlar va
favqulodda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini
olishga bo‘lgan qodirligini ko‘zda tutadi. “Xufiyona iqtisodiyot” – bu
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar moddiy boyliklar
va xizmatlarning xarajati. Alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi davlat boshqaruv organlaridan yashirinadigan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi.
Operatsion menejment – ishlab chiqarish muammolarini hal
etishning maxsus usul va vositalaridan foydalangan holda tovar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan menejment
sohasi.
Operatsion strategiya – tashkilot muvaffaqiyatida operatsiya-
larning o‘rnini tan olish va tashkilotning strategik rejalashtirish
jarayoniga operatsion menejerlarni jalb qilish.
“Oltin” aksiya – aksiyadorga dividend (foyda) olish va ovoz berish
huquqini beradi, AJ nizomining o‘zgarishi, AJ ni qayta tashkil etish
745