Page 743 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 743
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Mamlakatning iqtisodiy hududi – bir hukumat tomonidan
boshqariladigan, odamlar, tovarlar va kapitallar erkin harakatlanadigan
va bir xil qonunchilik, monetar va fiskal siyosat amal qiladigan
geografik hududga aytiladi.
Jismoniy yoki yuridik shaxs davomiy yoki muddati bo‘yicha
cheklanmagan vaqt davomida mamlakatning iqtisodiy hududi
doirasida maʼlum bir joylashuv – turar joy, ishlab chiqarish joyi yoki
ko‘chmas mulkka ega bo‘lganda iqtisodiy manfaatlar markaziga ega
hisoblanadi.
Milliy valyuta tizimi – bir mamlakatda valyuta munosabatlarini
tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Milliy innovatsion tizim – bu milliy chegaralar doirasida ilmiy
bilim va texnologiyalarni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish bilan
shug‘ullanuvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkilot (tuzilma)lar –
kichik va yirik kompaniyalar, universitetlar, davlat laboratoriyalari,
texnoparklar va inkubatorlarning umumiyligidir. Ularning o‘zaro
aloqasi mustahkam milliy ildizlarga, anʼanalarga, o‘ziga xos siyosiy
va madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy
institutlar majmuasi tomonidan taʼminlanadi
Milliy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatlarning hayotiy muhim
manfaatlarini tashqi va ichki xavfdan qonun bilan kafolatlangan
himoyasi.
Menejment – boshqarish tamoyillari, funksiya va usullarini
qo‘l lagan holda belgilangan maqsadga erishish uchun mavjud
resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot) samarali
foydalanishga qaratilgan faoliyatdir.
Marketing – aniq isteʼmolchilarning ehtiyojini qondirishga
qaratilgan, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning
maj muali tizimi bo‘lib, bunda bozorni o‘rganish, istiqbolini belgilash,
korxonaning ichki va tashqi muhitini tashkil qilish, marketing
dasturlari asosida strategiya va taktikani ishlab chiqish asosida foyda
olish ko‘zda tutiladi.
Marketing innovatsiyasi – bu firma tomonidan marketingning
yangi uslubini joriy etish (mahsulotning dizayni va qadoqlash, uni
742