Page 751 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 751
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tavsifiga ega bo‘lgan, faqat qonun yo‘li bilan joriy etiladigan, yuridik
va jismoniy shaxslardan aniq stavka va muddatlarda undiriladigan va
faqat davlat budjetiga yo‘naltiriladigan to‘lovlar tushuniladi.
Soliq siyosati – milliy daromadni daromadni qayta taqsimlash
maqsadida soliqlarni joriy etish, ularni undirish mexanizmlarini
shakllantirish va amalga oshirish hamda joriy etilgan soliqlarni
undirish jarayonlarini takomillashtirib borishga qaratilgan davlatning
maqsadli o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarini qamrab olgan faoliyati
tushuniladi.
Soliq siyosati konsepsiyasi – soliq siyosatiga oid turli xil bir
necha yo‘nalishlarning ketma-ketligini ifodalaydigan ilmiy qarashlar.
Soliq siyosatining taktikasi – soliq siyosati va uning strategiya-
sida maqsad qilib belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida
o‘zaro bog‘liq holda qo‘llaniladigan usul va vositalarning yig‘indisidir.
Soliq stavkasi – soliq bazasi ( obyekti)ga qo‘llaniladigan va
davlatning vakolatli organlari tomonidan qonun va qonunosti
hujjatlari ga asosan o‘rnatiladigan meʼyor bo‘lib, shakllangan soliq
bazasining tegishli qismini davlatning markazlashtirilgan (budjet va
budjetdan tashqari) fondlariga jalb qilingan miqdori aniqlashtiruvchi
ko‘rsatkich.
Soliq imtiyozlari – Soliq qonunchiligida, boshqa qonunlarda
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda
tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq
to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki)
boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda
to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
imtiyozlar.
Sof joriy qiymat – investitsiyalash obyektidan foydalanish davrida
oldindan qatʼiy belgilangan va o‘zgarmas foiz stavkasi (meʼyori)
da olinadigan daromadlar va qilinadigan xarajatlarning alohida
muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarining diskontlashtirish
yo‘li bilan olingan va ular o‘rtasidagi farqni ifodalovchi qiymat.
Sug‘urta – bu inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan
tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida
750