Page 756 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 756
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
valyu tada qisqa va o‘rta muddatli kreditlar berish orqali ularga
moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) – qarzlar beradi, korxo-
nalar aksionerlik kapitali va rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy
sektori korxonalariga investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadlarida
maslahat xizmatlari ko‘rsatadi.
Xalqaro rezerv valyutalar – dunyoning barcha mamlakatlarida
xalqaro to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan yetakchi valyutalar.
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) – kambag‘al
mamlakatlar hukumatlariga foizsiz qarzlar (kreditlar) va grantlar
beradi.
Xedjerlash – kelgusi davrda tovarlar yetkazib berish (sotish)ni
nazarda tutadigan shartnoma va tijorat operatsiyalari bo‘yicha narx-
lar o‘zgarishidagi xavf-xatarni sug‘urtalash. Xedjerlash fyuchers
shartnomasi asosida kutilayotgan xaridlar (sotuvlar) yo‘li bilan
birjada amalga oshiriladi.
Xolding kompaniyasi – boshqa firma va kompaniyalarning aksiya
paketiga ular faoliyatini boshqarish va nazorat qilish maqsadida ega-
lik qiluvchi kompaniya. Xolding kompaniyasining ikki turi farqlanadi:
belgilangan funksiyalarni bajarish uchun tashkil etilgan haqiqiy xol-
ding va aniq tadbirkorlik faoliyati (sanoat, savdo, transport, moliya-
kredit va boshqalar) bilan ham shug‘ullanuvchi aralash xolding.
Xo‘jalik mexanizmi – iqtisodiyotni boshqarishga yordam
beradigan iqtisodiy dastak va rag‘batlar hamda tashkiliy shakllar
majmui va birligi. Xo‘jalik mexanizmi rejalashtirish, boshqaruv
usullari, baho lar, moliyaviy va kredit dastaklari, mehnatga haq to‘lash
shakllari va boshqa iqtisodiy rag‘batlarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) – past darajadagi
daromadli mamlakatlarning to‘lovga qodir hukumatlariga va o‘rta
darajadagi daromadli mamlakat hukumatlarga kredit resurslari
taqdim etadi.
Xususiy mulk huquqi – shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq
tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etish huquqi.
755